Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Rasman: 2019 yilgi mavsumdan boshlab futbolchilarda ko‘tarma puli bo‘lmaydi

Rasman: 2019 yilgi mavsumdan boshlab futbolchilarda ko‘tarma puli bo‘lmaydi

Baho:
+ | -1
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston klublari futbolchilarga ko‘tarma pullari bermaydi. Bu holat 2019 yil uchun tuziladigan shartnomalarda o‘z ifodasini topadi. 

O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov topshirig‘iga ko‘ra, davlat tomonidan moliyalashtirilayotgan klublarning shtat jadvali hamda infratuzilmasini tartibga keltirish ishlari boshlangandi. Ko‘tarma pullari masalasi bunda alohida o‘rin tutadigan bo‘ldi.

“Hali bir ishni qoyil qilib qo‘ymagan futbolchining klubga kelmay turiboq millionlab pul talab qilishini tushunish qiyin. U o‘z saviyasiga qarab oylik-maosh yoki mehnatlari evaziga mukofot pullarini talab qilishi mumkin. Shu vaqtgacha uning quruq savlatiga berilgan pul endilikda futbolchini tarbiya qilgan futbol maktablari hamda murabbiylariga yo‘naltiriladi. Bu o‘z navbatida bolalar futbolida faoliyat olib borayotgan murabbiylarni sifatli futbolchilarni yetishtirishga bo‘lgan intilishini kuchaytiradi”,  — deb aytib o‘tdi Umid Ahmadjonov O‘FA hamda PFL rahbariyati bilan uchrashuvda.

To‘g‘ri, ko‘tarma puli ko‘rinishidagi rag‘batlantirish butun dunyoda bor. Biroq futbolchi bunday mavqega chiqishi uchun jiddiy mehnat qiladi. U bir qator klublar nazariga tushganida nafaqat transfer narxi, balki o‘zining klub bilan kelishajak shartnomasida ham raqamlar o‘sib boradi.

Ayni vaqtda esa O‘zbekistonda ko‘plab klublar davlat korxonalari tomonidan rag‘batlantiriladi. Qolaversa, ko‘tarma pullarini berish tartibi bir qator shubhalarga sabab bo‘lyaptiki, buning orqasidan futbolchi hamda manfaatdor tomon moliyaviy yutuqqa erishishi mumkin. Biroq futbol ham, klublar ham rivojlanib qolmayapti. Endilikda futbolchilar qilgan mehnati uchun va albatta yutug‘i uchun rag‘batlantiriladi. To futbol klublari xususiylashib, o‘rtada sog‘lom raqobat vujudga kelmaguniga qadar, ko‘tarma puli tushunchasi unutiladi.

“Ayniqsa, 1 yillik, yarim yillik bo‘lgan legioner futbolchilar uchun berilayotgan ko‘tarma pullari achinarli. Keladi, millionni cho‘ntagiga soladi, o‘ynasa o‘ynadi, o‘ynolmasa indamay qaytib ketaveradi. Klublar uvol bo‘layotgan shu pullarni o‘z akademiyasini qurish, keyinchalik uni shakllantirish, stadionini, infratuzilmasini rivojlantirish uchun sarflasin. Bizga boqimanda klublarning quruq savlati kerak emas. Davlat ularga suyanch bo‘layotganidan foydalanib, o‘z kelajaklari haqida qayg‘urishsin. O‘sha saviyasiz legionerlar bugun bor, ertaga yo‘q. Akademiya yoki stadionlar esa o‘zimizga qoladi, futbolimiz rivoji uchun xizmat qiladi”, — dedi Umid Ahmadjonov.

Professional futbol ligasi OFK talablaridan kelib chiqib, Pepsi Superliga klublariga majburiy shtat jadvali ko‘rinishini taqdim etgandi. Tez orada akademiyalar bo‘yicha shunday shtat jadvali yuboriladi. Stadion ishchilari hamda boshqa texnik xodimlar masalasi esa yana alohida muhokama qilinadi. Yilda ikki marta bo‘lib o‘tadigan audit tekshiruvi orqali klublarning kirim hamda chiqimlari, pullarning qanday maqsadda ishlatilayotgani nazorat qilib boriladi.

Bunda bir jihatni tushunish kerak, PFL ham, O‘FA ham klublarning qanday qanday ko‘rinishda faoliyat olib borishi, qanday mutaxassislar bilan qay ko‘rinishda ishlashi masalasiga aralashmaydi. Ammo futbol uchun berilgan pullarning bemaqsad sarflab tashlanishiga ham yo‘l qo‘ymaydi. Bungacha klub bosh direktoridan tortib, ayrim rahbarlarning oddiy ishchi ko‘rinishidagi yaqinlarigacha ko‘tarma pullari olib kelgan bo‘lsa, endilikda bu kabi ishlarga chek qo‘yiladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 03:16, 09.07.2018.
O'qildi: 7529 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.