Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Hamidjon Aktamov: «Bunyodkor» jamoasini bugungi haqli g‘alaba bilan tabriklayman»

Hamidjon Aktamov: «Bunyodkor» jamoasini bugungi haqli g‘alaba bilan tabriklayman»

Baho:
+ | -

Superliganing 16-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Bunyodkor" - "Qizilqum" o‘yinidan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Hamidjon AKTAMOV ishtirok etdi.

— Og‘ir o‘yin bo‘ldi. Maydon egalari xato qilishimizni kutishdi va amalda bunga erishishdi. Ular ikki vaziyatda bizni jazolashdi. Ikkala golni ham o‘zimiz “olib keldik”. Xatolar qimmatga tushdi. Agar o‘zimiz o‘yin davomida yuzaga keltirgan xavfli vaziyatlarimizni golga aylantira olganimizda, yakuniy hisob umuman boshqacha ko‘rinishda bo‘lishi mumkin edi.

Bugungi uchrashuvda qarshi hujumlardan foydalanishni maqsad qilgandik. Ammo, mag‘lubiyatni o‘zimizning ikkita xato evaziga sotib oldik. Besh nafar legionerning harakati ham bugun foyda bermadi.

Bitta o‘yinda yutqazgani uchun jamoani “ko‘mib” qo‘yish ham kerak emas. Bundan avvalgi 5-6ta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchraganimiz yo‘q. Jo‘jani kuzda sanaymiz. Hali oldinda o‘yinlar bor.

Superligada kuchli oltilikka kirishga harakat qilamiz. Nazariy jihatdan hali imkoniyatimiz bor. O‘zbekiston kubogi uchun maqsad qo‘yilgan. Qur’a natijasiga ko‘ra 1/4 finalda “Qo‘qon-1912” jamoasi bilan o‘ynaymiz. Joriy yil hisobidan chempionatda ikkita, keyin nazorat o‘yinlarida ham bu jamoa bilan to‘qnash keldik. Umumiy ustunlik biz tomonda. O‘ylaymanki, biz “Qo‘qon-1912” to‘sig‘idan o‘tib olamiz, -deydi Hamidjon G‘ulomovich.

Manba: fcqizilqum.uz
Kiritildi: 09:13, 10.07.2018.
O'qildi: 2350 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик