Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

"Yuve" direktori: "Ronalduni taklif qilish g‘oyasi, u bizga chiroyli gol urib, muxlislarimiz uchun olqishlaganda tug‘ilgandi"

"Yuve" direktori: "Ronalduni taklif qilish g‘oyasi, u bizga chiroyli gol urib, muxlislarimiz uchun olqishlaganda tug‘ilgandi"

Baho:
+ | -

"Yuventus"ning sport direktori Fabio Paratichi klubga "Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduni taklif qilish g‘oyasi qanday tug‘ilganini aytib berdi.

"BU aqlbovar qilmas g‘oya YECHLning 1/8 finalida "Yuventus" - "Real" o‘rtasida Turinba o‘tgan o‘yindan so‘ng tug‘ilgandi. Biz o‘sha haftadayoq uning agenti Jorje Mendesh bilan uchrashdik. Uning aytishicha, Ronaldu muxlislar e’tiboridan hayajonga to‘lganini aytdi. U qoyil qolgan va kun kelib "Yuve"da o‘ynash istagini aytgan.

Biroz vaqt o‘tib, Mendesh bilan uchrashdik, u menga vaziyatni tushuntirdi va biz ishga kirishdik.

Biz klub prezidenti Andrea Anyelli bilan gaplashdik. Bir necha soat suhbatdan so‘ng u menga imkoniyat bo‘lsa, harakat qilib ko‘rish kerakligini aytdi.

Bu dunyo tan olgan o‘yinchini taklif qilish uchun eng yaxshi imkoniyat edi.

"Real" va "Yuventus" kabi ikkita yirik klub, yirik institut o‘rtasida muzokaralar borar kan, har doim uchinchi tomon ham bo‘ladi - o‘yinchining qarori. Shuningdek, agentlar ishi. Ular tufayli transfer amalga oshdi", - deydi Paratichi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 06:26, 17.07.2018.
O'qildi: 8141 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик