Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

«Navbahor» rahbariyatida o‘zgarish

«Navbahor» rahbariyatida o‘zgarish

Baho:
+ | -

Namangandagi “Markaziy” o‘yingoh anjumanlar zalida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda "Navbahor" PFK rahbariyati va ishchi-xodimlari, "Markaziy" o‘yingoh rahbariyati hamda ishchi-xodimlari, "Navbahor" jamoasi muxlislari ishtirok etishdi. Yig‘ilishni Namangan viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Alisher Fayzullayev olib bordi. Alisher Tursunbayevich o‘z so‘zida mamlakatimiz, xususan, viloyatimizda sport, shu jumladan, futbolga katta e’tibor qaratilayotganligi,  Namanganning “Navbahor” klubi oldiga joriy mavsumda yuksak maqsad qo‘yilganligini ta’kilab, jamoada transferlar “oynasi” vaqtida yuz bergan o‘zgarishlarga to‘xtalib, “Navbahor”ning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga yetishiga tilak bildirdi. Shundan so‘ng, tashkiliy masala ko‘rildi. Unga ko‘ra, Huquqiy Jamiyat” nashriyoti ta’sischisi, “Mashimpeks” xoldingi vise-prezidenti Shamshod Ergashovich Sarikov viloyat futbol assosiasiyasi vise-prezidenti etib tayinlandi.

Yig‘ilish rasmi 1

Alisher Fayzullayev Shamshod Sarikovga yangi lavozimida omad yor bo‘lishini tiladi.

So‘ngra Namangan viloyat futbol assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Bahrom Xolmirzayev so‘zga chiqib, Shamshod Sarikovga yangi lavozimida omad yor bo‘lishiga tilak bildirdi.

Yig‘ilish rasmi 6

Shundan so‘ng, Shamshod Ergashovich so‘z olib, bildirilgan ishonch uchun Namangan viloyat hokimi Xayrulla Hayitbayevich  Bozarovga minnatdorchilik bildirib, o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlash uchun qo‘lidan kelgancha mehnat qilishini ta’kidladi.

Yig‘ilish rasmi 3

So‘ngra, Namangan viloyat futbol assosiasiyasi yangi vise-prezidenti Shamshod Sarikov “Navbahor” PFK rahbariyati va ishchi – xodimlari, shuningdek, “Markaziy” o‘yingoh rahbariyati hamda xodimlari, bundan tashqari, "Navbahor" jamoasi muxlislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi. Unga ko‘ra, shu kungacha “Navbahor” PFK direktori vazifasida ishlagan Baxtiyor Boboyev o‘z arizasiga ko‘ra, iste’foga chiqarilganligi ma’lum qilindi.

Yig‘ilish rasmi 4

B.Boboyevning o‘rniga shu kungacha “Navbahor” PFK direktori birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Ilhomjon Mirzaboyev vaqtinchalik “Navbahor” PFK direktori etib tayinlandi.

Shundan so‘ng, yig‘ilish o‘z yakuniga yetdi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 17:19, 18.07.2018.
O'qildi: 4553 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик