O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan bolalar futbolini rivojlantirish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish yo‘nalishidagi chora-tadbirlarni amalga oshirilayotganidan futbol muxlislarining xabarlari bor.
O‘FA tomonidan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida o‘tkazilayotgan “Voha Kubogi” nomi ostidagi musobaqaning 1-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Unda quyidagi natijalar qayd etildi:
“Buxoro” – “Lokomotiv” 2-4
“Kasbi” – “Saripul” 2-4
“Chig‘atoy” – “Boysun” 5-1
“Nasaf” – “Mash’al” 5-3













