PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel yarim himoyachi Adriyen Rabyoningkelajagi o‘ziga bog‘liq ekanligini ta’kidladi.
“Rabyoning kelajagi o‘zqo‘lida. Hammasi o‘ziga bog‘liq, yangi chaqiruvlarni topa olishiga bog‘liq. Albatta, u jamoda qolishini xohlardim. Hamma gap uning salohiyatida, Rabyo hali yuqori jismoniy holatiga kelmagan. U bilan birga ishlash yoqadi lekin, bu Rabyoning qarori”, - deydi Tuxel.
Ma’lumot uchun, Rabyo katta ehtimol bilan “Barselona”ga o‘tishi mumkin. Avvalroq, “anorranglilar” futbolchining o‘zi bilan kelushuvga erishgandi.