Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

«Shohsupa sari yo‘l». Sabina Sharipova nima uchun aynan tennisni tanlagan?

«Shohsupa sari yo‘l». Sabina Sharipova nima uchun aynan tennisni tanlagan?

Baho:
+ | -

Milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot va Media departamenti Osiyo o‘yinlari oldidan "Shohsupa sari yo‘l" loyihasini ishga tushirganidan xabaringiz bor. Unda terma jamoalarimizning yetakchi sportchilari bir qator savollarimizga javob qaytarishadi. Bugun loyihamizda tennischi, O‘zbekistonning bugungi kundagi birinchi raketkasi Sabina Sharipova mehmon bo‘ladi.

Nima uchun aynan tennis?

Biz sportchilar oilasimiz. Otam o‘z vaqtida professional futbolchi, onam esa yengil atletikachi sifatida faoliyat ko‘rsatishgan. Tennisga 7 yoshimda onam ilk marotaba olib borganlar. Sportning ushbu turi menga juda yoqqan. Tennisni eng chiroyli sport turlaridan biri deb hisoblayman. Boshqa yo‘nalishlarda o‘zimni sinab o‘tirmaganman, chunki tennis ko‘nglimni zabt etgan. O‘shandan beri men sportning bu turini sevib o‘ynayman va zavq olaman.

Milliy taomlar yoqadi

Ovqatlanish tartibim haqida gapiradigan bo‘lsam, asosan foydali taomlar iste’mol qilishni ma’qul ko‘raman. Milliy oshxonamizning, ayniqsa go‘shtli taomlarning ashaddiy muxlisiman.


Kumirlari haqida

Avvallari kumirlarimni birma-bir sanab bera olardim. Endi esa menda ular yo‘q. Chunki, bugun o‘z vaqtida havas qilgan sportchilarim bilan birga musobaqalarda ishtirok etyapman. Tennis kortida ularga qarshi kurash olib boryapman.

Chempionlik siri

Hech bir inson chempion bo‘lib tug‘ilmaydi. Buning uchun uzoq vaqt va mashaqqatli mehnat talab etiladi. Asosiysi, sportchida buning uchun kuchli istak va ishtiyoq bo‘lishi lozim.


Bo‘lajak Osiyo o‘yinlari oldidan

Jakartadagi Osiyo o‘yinlari o‘z salohiyatimni namoyish etish uchun ajoyib imkoniyatdir. Musobaqada sovrindorlar qatoridan joy olishga harakat qilaman. O‘yinlarga tayyorgarlik jadal suratlarda davom etmoqda. Turli musobaqalarda ishtirok etib, o‘z mahoratimni oshirishga harakat qilyapman. Osiyo o‘yinlarida yuqori saviyada qatnashib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqchiman.

 

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 15:11, 23.07.2018.
O'qildi: 2474 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.