Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Superliga klublari rahbarlari “Ayaks” akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi

Superliga klublari rahbarlari “Ayaks” akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov tashabbusi bilan Professional futbol ligasi 2019 yilgi mavsum uchun talablarni kuchaytirayotganidan xabaringiz bor. Kelasi yildan boshlab Superliganing har bir klubi o‘z akademiyasi faoliyatini yo‘lga qo‘yishi shart.

Kuni kecha Portugaliyaning “Portu” futbol klubi akademiyasi bilan yaqindan hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgandi. Endilikda O‘zbekiston klublari dunyoga mashhur Gollandiyaning “Ayaks” klubi akademiyasi bilan ham hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

“So‘g‘diyona”, “Qo‘qon-1912”, “Metallurg”, “Paxtakor” hamda “Qizilqum” klublari texnik direktorlari ayni paytda Amsterdamda bo‘lib, “Ayaks” klubi akademiyasining ish faoliyati, seleksiya jarayonlari bilan yaqindan tanishishmoqda. Kecha “Ayaks” akademiyasi faoliyatiga mas’ul Mark van der Slot hamda skauting tizimi rahbari Kazimir Vesterfeld yosh futbolchining 8 yoshdan 17 yoshga qadar qanday tarbiyalanishi xususida kichik seminar o‘tkazishdi. Seminar mobaynida “Ayaks” akademiyasiga qabul qilingan yosh iste’dodning katta jamoa tarkibiga borib qo‘shilguniga qadar qanday bosqichlarda tarbiyalanishi borasida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, “Ayaks”ning U-23 jamoasi mashg‘ulot jarayoni birgalikda kuzatildi.

Bugun tashrifning ikkinchi kuni doirasida o‘zbek klublari vakillariga “Ayaks” akademiyasi tizimida yosh futbolchilarni tarbiyalashda qo‘llaniladigan o‘ziga xos jihatlar haqida ma’lumot berildi. Anchagina do‘stona ruhda o‘tgan seminar jarayonida har ikki tomon vakillari bir-biriga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va ikkala mamlakat futboli xususida atroflicha ma’lumotga ega bo‘lishdi.

O‘zbekistonlik mutaxassislar jahon futboliga ajoyib iqtidorlar yetishtirib bergan “Ayaks” akademiyasi hodimlari tajribasidan yurtimiz futboli ertalarini tarbiyalashda albatta foydalanishlarini ta’kidlashdi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 16:55, 24.07.2018.
O'qildi: 2148 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.