Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Otabek G‘ulomxo‘jayev O‘zbekiston U17 terma jamoasiga mas’ul etib tayinlandi

Otabek G‘ulomxo‘jayev O‘zbekiston U17 terma jamoasiga mas’ul etib tayinlandi

Baho:
+ | -

Otabek G‘ulomxo‘jayev O‘zbekiston U-17 terma jamoasi uchun javob beradi. Uning boshqaruvida yoshlarimiz yil oxiriga qadar o‘tkaziladigan xalqaro turnirlarda ishtirok etadi.

Bungacha Azamat Abduraimov O‘zbekiston U-14 terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘lgandi. Mazkur jamoa kelasi yil U-15 jamoasiga aylanib, o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatining saralash turnirida ishtirok etadi. 2020 yil esa U-16 termasi sifatida Osiyo Chempionatida qatnashishi, 2021 yil U-17 termasiga aylanib, kichik mundialga borishi mumkin.

G‘ulomxo‘jayev boshchilik qiladigan O‘zbekiston U-17 termasida ham vaziyat deyarli shunday. Jamoa kelasi yil U-18 termasi sifatida yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatining saralash turnirida ishtirok etadi. 2020 yil U-19 Osiyo Chempionatining final bosqichi, 2021 yilda esa yoshlar o‘rtasidagi U-20 Jahon Chempionati kutib turibdi.

Ayni vaqtda O‘FA Yevropaning bir qator davlatlaridan U-18 jamoalari o‘rtasidagi xalqaro turnirlarga taklifnoma olgan. Yil so‘ngiga qadar Otabek G‘ulomxo‘jayev jamoasi eng kamida 1 ta xalqaro turnirda ishtirok etadi. Shuningdek, unga yosh futbolchilarni saralab olish uchun Toshkenda yig‘inlar tashkil etib beriladi. Futbolchilarni kuzatishi uchun sharoitlar yaratiladi.

Otabek G‘ulomxo‘jayev hozirga qadar 150 dan ziyod iqtidorli futbolchilar ro‘yxatini hamda yil yakuniga qadar bo‘lgan ish rejasini O‘FAga taqdim etib ulgurgan. Avgust oyida bu futbolchilarning o‘yinlari kuzatib boriladi, shuningdek, Toshkentda jamoaning ilk yig‘ini tashkil etiladi. Shu orqali xalqaro turnirlarda ishtirok etuvchi tarkibga aniqlik kiritiladi. Garchi Yevropadagi turnirlarda 1 yosh katta jamoalar to‘p sursa-da, O‘FA o‘sha turnirlarga U-17 jamoasini jo‘natishni rejalashtirgan. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad futbolchilardan natija talab qilish emas, balki ularning xalqaro maydonda toblanib borishlari uchun sharoit yaratishdir.

O‘zbekiston U-17 terma jamoasining tarkibi doimiy rivojlantirib boriladi. Ya’ni, o‘sishdan to‘xtayotgan futbolchilar termadagi o‘rnini band qilib turmaydi. Tarkibga jalb qilinmagan futbolchilar o‘z ustida ishlab, sport formasini tinimsiz o‘stirib borsa, unda asosiy jamoaga qo‘shilish imkoniyati bo‘ladi. Ya’ni, har bir pozisiya uchun sog‘lom raqobat muhimi yaratiladi.

Bolalar va o‘smirlar futbolida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgani hamda o‘sishda davom etayotgani uchun ham O‘FA rahbariyati G‘ulomxo‘jayevga imkoniyat berishga qaror qildi. Mazkur mutaxassis 2001 va 2002 yillarda tavallud topgan o‘zbekistonlik futbolchilar haqida yetarlicha ma’lumotga ega.

“O‘zimga bildirilgan ishonch menga katta kuch bag‘ishlaydi. Shu vaqtgacha mamlakat futboli murabbiy sifatida shakllanishim uchun maktab vazifasini o‘tadi. Endi esa olgan bilim va ko‘niklarimni terma jamoa fonida mamlakat futboli uchun qaytarishni istayman. O‘FA rahbariyati u qanday o‘yin bo‘lmasin, barchasida futbolchilarning ko‘zlari yonib turishini, ular vatanlari uchun to‘p surayotganlarini his qila olishlarini talab qiladi. Biz ham shu yo‘ldan yuramiz. Yoshlarimizga asosiy jamoa libosida to‘p surish madaniyati, mas’uliyati hamda zalvorini tushuntirib boramiz”, — dedi G‘ulomxo‘jayev biz bilan suhbatda.

O‘zbekiston U-17 terma jamoasining ilk yig‘ini qachon bo‘lishi haqida yaqin kunlar ichida ma’lumot beriladi. Ayni vaqtda O‘FA Xalqaro bo‘limi Ispaniya, Rossiya va Qozog‘istondagi turnirlarda ishtirok etish masalasini o‘rganib chiqmoqda.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 18:31, 25.07.2018.
O'qildi: 2603 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.