Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rossiya chempionati. «Rostov» va Shomurodov mavsumni g‘alaba bilan boshladi

Rossiya chempionati. «Rostov» va Shomurodov mavsumni g‘alaba bilan boshladi

Baho:
+ | -

"Rostov" Rossiya Premyer-Ligasining birinchi turida "Axmat"ni yengdi. Rostove-na-Donudagi "Rostov Arena" stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yindagi yagona gol rostovliklar jamoasining islandiyalik hujumchisi Byorn Sigurdarson tomonidan urildi, u birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalar davom etayotgan vaqtda Sergey Parshivlyukning uzatmasini boshi bilan darvozaga joyladi.

O‘yinning ikkinchi bo‘limida Valeriy Karpin jamoasida zaxiradan maydonga O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov tushirildi.

RPLning ikkinchi turida «Rostov» Moskvaning SSKA klubi mehmoni bo‘ladi, "Axmat" o‘z uyida "Enisey" bilan o‘ynaydi. Ikki uchrashuv ham 5 avgust kuniga belgilangan.

Birinchi tur doirasidagi boshqa o‘yinlarda "Anji" safarda "Ural"ni yengdi (1:0), "Spartak" o‘z maydonida "Orenburg"dan ustun keldi (1:0).

Rossiya chempionati
1-tur
Rostov – Axmat 1:0
 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 45 Sigurdarson.
Rostov – Abayev, Ingason, Sigurdsson, Vilyush, Parshivlyuk, Kalachev (Guliyev, 69), Gaskan, Skopinsev (Mirzov, 63), Ionov, Yusupov, Sigurdarson (SHomurodov, 75).
Axmat – Gorodov, Usiyev, Semenov, Anxel, Moxammadi, Shves, Dumbiya, Roshi, Ismael (Musalov, 79), Berisha (Ivanov, 82), Sadayev (Pliyev, 28).
Chetlatish: Semenov (25).

Manba: www.tribuna.uz
Kiritildi: 11:12, 29.07.2018.
O'qildi: 2963 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик