Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Qo‘qondagi voqealar tafsiloti - hakamning ko‘z oldida raqibini urgan Xolmuhammedov, murabbiylarning o‘yindan keyingi janjali videolari

Qo‘qondagi voqealar tafsiloti - hakamning ko‘z oldida raqibini urgan Xolmuhammedov, murabbiylarning o‘yindan keyingi janjali videolari

Baho:
+ | -

Superliganing 19-turida «Qo‘qon-1912» Jizzaxning «So‘g‘diyona» jamoasini qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Avvalroq, «So‘g‘diyona» Qo‘qonda qanday «o‘ldirildi» degan xabarda «Qo‘qon-1912» bahsli penalti hisobiga g‘alaba qozonganini yozgan edik.

Bu safar «So‘g‘diyona» matbuot xizmati tomonidan keltirilgan videolar asnosida, mezbonlar himoyachisi Murod Xolmuhammedovning «xurmacha qiliqlari» to‘g‘risida xulosa chiqarishimiz mumkin bo‘ladi, deya xabar tarqatdi tribuna.uz.

Birinchi videoda Xolmuhammedov (22-raqamda) «So‘g‘diyona» hujumchisi Shoxruz Norxonovni ochiqchasiga urganini ko‘ramiz. U hakamning ko‘z oldida futbolchining yuziga musht tushirgan.

Ikkinchi videoda Xolmuhammedov jarima maydoniga kirib kelgan Norxonovni tirsagi bilan urib yiqitgan.  

Qizig‘i shundaki, Xolmuhammedov bu o‘yinning 32-daqiqasida bosh hakam Ahrol Risqullayev tomonidan ogohlantirilgan. Ammo, bu ogohlantirish keltirilgan videolarning qaysi biridagi qo‘pollik uchun berilgani ma’lum emas. Fikrimizga ko‘ra, Xolmuhammedov hujumchi Norxonovning yuziga musht tushirgan vaziyatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartaga loyiq edi.

Eslatib o‘tamiz, himoyachi o‘yinni oxirigacha maydonda harakat qilib, bahs tugashiga oz vaqt qolganida hal qiluvchi penaltini aniq amalga oshirgan edi.

Yana bir videoda o‘yindan keyingi vaziyat aks etgan. Unda «Qo‘qon-1912» bosh murabbiyi No‘’mon Hasanov (qora ko‘ylakda) hakam yonidagi noma’lum shaxslardan biriga e’tiroz bildirgani, so‘ngra «So‘g‘diyona» bosh murabbiyi Sergey Lushchan bilan «san-man»ga borganini ko‘rish mumkin.

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 19:23, 30.07.2018.
O'qildi: 12315 marta.
Fikrlar: 22 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик