Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Kim Dong-Xi: «Sug‘diyona» ning kelajagi porloq ekanligiga ishonganim uchun keldim»

Kim Dong-Xi: «Sug‘diyona» ning kelajagi porloq ekanligiga ishonganim uchun keldim»

Baho:
+ | -

Yozgi transferlar vaqtida jamoamizga kelib qo‘shilgan Janubiy Koreyalik tezkor yarim himoyachi Kim Dong-Xi qisqa fursatda muxlislar ko‘nglidan joy oldi. E’tiboringizga ushbu futbolchi bilan suhbatni taqdim etamiz.

Kim,avvalo O‘zbekistonga xush kelibsiz. “So‘g‘diyona” ni tanlashingizga nima sabab bo‘ldi?

-Katta raxmat. O‘zbekistonda kelganimdan xursandaman.”So‘g‘diyona” ni kelajagi bor deb ishonaman. Taklif bilan chiqishganida men xech ikkilanmay rozi bo‘ldim. Faoliyatimni yangi sahifadan boshlashga qaror qildim. Bu yer menga yoqdi. Insonlari samimiy. Jamoam ham, ichki muhit ham a’lo darajada.

O‘zbek futboli haqida avval eshitgan edingizmi? Nima deb o‘ylaysiz, Koreya futboli bilan qanday farqi bor?

-Koreyada o‘zbek futboli haqida ma’lumot topish va ular bilan aloqa o‘rnatish qiyin edi. Asosan sobiq jamoadoshim Server Jeparov orqali bilar edim. “Lokomotiv” tarkibida faoliyat olib borgan do‘stim Cho Suk Jee orqali biroz ma’lumotga egaman. O‘zbek futbolida intizom juda qattiq bo‘lib, o‘yinlar xuddi jang maydonlariga uxshaydi. Koreya futboli ham deyarli shunday. Ammo bu yerda futbol ancha shiddatliroq.

Kim, jamoadoshlaringiz va jamoadagi shart sharoitlar sizni qoniqtirayaptimi?

-Bu klub ko‘nglimga yoqdi. Hali O‘zbekiston sharoitiga to‘liqligicha moslasha olganim yo‘q. Til va madaniyatimizda farq borligi uchun biroz qiynalayapman. Tezroq moslashib jamoamga foydam tegishini istayman. Yashash shart sharoitlarim yaxshi. Jizzax axolisi juda mehribon.

Bugun o‘z maydonimizda O‘zbekistonning yetakchi jamoalaridan bir “Nasaf”ni qabul qilamiz.Bo‘lajak o‘yin oldidan qanday fikrdasiz?

- Rostini aytsam, men o‘zbek klublari haqida u darajada ko‘p ma’lumotga ega emasman. Ayni kunlarda jamoalar va ularning o‘yin uslubi haqida ko‘proq ma’lumot olishga harakat qilayapman. Biz bo‘lajak bahsga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik va g‘oliblik uchun maydonga chiqamiz. Mezbon sifatida albatta muxlislarga g‘alaba taqdim etishni istaymiz.

Qisqa vaqt ichida jizzaxlik muxlislar yoqimtoyi bo‘lib qoldingiz. Muxlislar haqida qanday fikrdasiz va ularga tilaklaringiz.

-Katta e’tibor va qiziqishingiz uchun minnatdorchilik bildiraman. Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi bizga yanada kuch beradi. O‘yinlarda g‘alaba qozonish uchun barcha kuch va mehnatimizni ishga solamiz. Stadionga ko‘plab muxlislar kelib bizni qo‘llab-quvvatlaydi deb umid qilaman va oldindan o‘z minnatdorchiligimni izhor etaman.

Anglaginingizdek, jamoamiz tarkibida harakat qilayotgan bu iqtidorli futbolchi hali O‘zbekiston muhitiga to‘liq moslashib keta olgani yo‘q. Ishonamizki, u oldindagi o‘yinlarda o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etib jamoamizning g‘alabalariga o‘z hissasini qo‘shadi. Biz sizga ishonamiz Kim!

“So‘g‘diyona” PFK matbuot xizmati

Manba: www.fcsogdiana.uz
Kiritildi: 11:07, 01.08.2018.
O'qildi: 3134 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.