Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

O‘zbekiston «derbi»si

O‘zbekiston «derbi»si

Baho:
+ | -

Mazkur mulohazalarni qog‘ozga tushirishdan avval, bitta rasmiy ma’lumot e’tiborimizni tortdi. Gap shundaki, Xalqaro chempionlar kubogi doirasidan o‘rin olgan va Joze Mourinyoga yoqmagan «MYU» - «Liverpul» uchrashuvini stadionda 101254 nafar amerikalik muxlis kuzatibdi.

«Benazir»ni taajjublantirgan shuncha muxlis yevrofutbolni jonli ravishda ko‘rish uchun pulini ayamagan. Chunki ular Muhammad Saloh yoki o‘zlari yoqtirgan boshqa bir futbolchining har doim ham AQSH maydonida to‘p surmasligini juda yaxshi bilishadi.

Albatta, yulduz ijrochilar o‘yinini ko‘raverib, ko‘zi to‘ygan Joze Mourinyoni norasmiy maqomdagi bahs qiziqtirmasligi tabiiy. Megayulduzlar tashrifiga intizor muxlislar ko‘nglidagi hayajonlarni «yulduzlar fabrikasi»ga bosh bo‘lgan «Benazir» qayerdan bilsin?

Qolaversa, o‘sha bahsda «MYU» yirik hisobda yengildi. Mag‘lubiyat har qanday holatda alamli. Raqib g‘alabasini e’tirof etgan mag‘lub ko‘nglida alam olovi lovullab turadi, baribir. Biz «Navbahor» - «Paxtakor» uchrashuvidan so‘ng ikki jamoa muxlisi o‘rtasidagi suhbatga quloq tutdik.

«Navbahor» muxlisining «O‘yin haqqoniy bo‘ldi-a?» - qabilidagi savoliga poytaxtlik mehmon biroz qizishib javob qaytardi: «Sizni g‘alaba bilan tabriklayman! Lekin aka, bunday savol bermang, ichim yonib ketyapti.

O‘yin tugadi. Yangi bahsni kutamiz. Oyning o‘n beshi yorug‘, o‘n beshi qorong‘u...». «Navbahor» muxlisi mehmonning yelkasiga qoqdi va unga oq yo‘l tiladi.

Ha, hammasi tushunarli. «Intriga»siz, bahs-munozaralarsiz, tarafkashliksiz futbolning qizig‘i yo‘q. Mag‘lubiyat alami bois, ko‘zlardan yosh tirqiratgan, g‘alaba onlarida osmonlarga olib chiqqani uchun ham futbol sport o‘yinlari podshosi hisoblanadi.

So‘zimiz avvalida «MYU» - «Liverpul» uchrashuvini bejiz eslamadik. «Navbahor» - «Paxtakor» qarama-qarshiligi bugun biz uchun shunday maqomda. Balki undan ham yuqoriroq ahamiyatga egadir. XCHK o‘yinlari uzoq o‘lkalarda gullab-yashnayversin. Bizga hozircha «lochinlar» va «sherlar»ning shundoq ko‘z o‘ngimizdagi o‘zaro murosasiz kurashlari muhimroq, qadr­liroq.

Yaqindagina bir-biri bilan bahslashayotgan namanganlik, farg‘onalik, qo‘qonlik, andijonlik muxlislarni «Navbahor» - «Paxtakor» uchrashuvi birlashtirdi. Demak, futbolimizda yangicha maqomdagi raqobat shakllanmoqda. Sobiq ittifoq davrida «Paxtakor» Moskva klublariga qarshi o‘zgacha ruhda to‘p surardi.

O‘sha dongdor «Spartak», «Dinamo» K., «Torpedo», «Lokomotiv» kabi klublar  «Paxtakor» stadionida to‘l­qinlanayotgan 40-60 ming kishilik muxlislar daryosi shashtidan hayajonlanardi, hayiqardi. Nazarimizda, endi shunday missiya Namanganga ko‘chdi. «Navbahor» o‘z maydonida poytaxt­ning har 3ta klubini yengdi.

Garchi safarda «Paxtakor»ga ham, «Lokomotiv» va «Bunyodkor»ga ham imkoniyat boy berilgan bo‘lsada, namanganlik muxlislar poytaxtimizdagi uchrashuvlarda qiziqarli kechishiga munosib hissa qo‘shishdi. Ilhom Mo‘minjonov «Bunyodkor» - «Navbahor» bahsini tomosha qilish uchun Toshkentga borgan «Navbahor» muxlislariga bejiz minnatdorchilik bildirmadi, axir.

Zero, boshqa jamoalarda muxlislarning poytaxtga oqimi bu darajada kuzatilmaydi. «Milliy» stadionidan mag‘lubiyat alangasida yonib chiqib, Qamchiq dovonida yuksaklikka boqqan muxlislar armiyasini faqat «Paxtakor» ustidan qozoniladigan g‘alabagina tinch­lantirardi.

O‘yinning maqomi va ahamiyatini shundan ham bilish mumkinki, «sherlar»ning G‘ulomjon Hamidov, Ergashboy Yo‘ldoshev, To‘lqinjon Mir­aliyev, Abduvali Abdurahimov kabi jonkuyar muxlislari bir kun avval Namanganga yetib kelishdi. «Navbahor» stadioni 15-sektoriga kirish joyida poytaxtliklar kayfiyatiga razm solamiz.

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 20:29, 01.08.2018.
O'qildi: 2659 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.