Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

PFL «Sherdor» klubi va ikki nafar futbolchini ogohlantirdi

PFL «Sherdor» klubi va ikki nafar futbolchini ogohlantirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Pro ligada yuzaga kelgan yozgi tanaffus ham nihoyasiga yetmoqda. Klublar yozgi transferlar oynasi ochiq paytda bir qator yangi futbolchilar bilan o‘z saflarini to‘ldirishga harakat qilishdi.

Samarqandning “Sherdor” klubi ham tarkibga yangi o‘yinchilarni jalb etdi. Biroq PFLning maxsus ishchi guruhi vaziyatni chuqur o‘rgangach, “Sherdor” klubi bilan shartnoma imzolagan ikki futbolchi bu jarayonda qoida buzilishiga yo‘l qo‘ygani ma’lum bo‘ldi.

Gap shundaki, aslida transfer huquqi “Mash’al” jamoasiga tegishli bo‘lgan Tursunmurod Hamdamov yil so‘nggiga qadar “Zomin” jamoasiga ijaraga berilgan edi. Biroq yozgi transferlar vaqtida “Sherdor” bilan kelishuvga erishgan futbolchi “Zomin” bilan tuzilgan amaldagi ijara-shartnomasini bekor qilib o‘tirmasdan Samarqand klubi tomonidan taklif qilingan shartnomaga imzo chekkan.

Shuningdek, “Zomin” jamoasi safida o‘ynab kelayotgan Ubaydulla Nabiyevda ham “Sherdor” safiga o‘tish niyati paydo bo‘ladi. “Zomin” bilan tuzilgan amaldagi shartnomani bekor qilish uchun esa Nabiyev aslida samarqandlik ekani hamda uylanish niyati borligini vaj sifatida ko‘rsatadi.

Mazkur ikki holatni chuqur tahlil etgan PFL ishchi guruhi har ikki vaziyatda ham futbolchilar aybi salmoqli ekanini qayd etdi. Zero bir jamoa bilan amalda shartnomasi bo‘la turib, ikkinchi klub taklif etgan shartnomaga imzo chekish hech qanday qoidalarga to‘g‘ri kelmasligini barcha juda yaxshi biladi. Agar boshqa bir klub moliyaviy jihatdan yaxshiroq shartnoma taklif etadigan bo‘lsa, ayni vaqtda o‘ynab turgan klub bilan tuzilgan amaldagi shartnoma ikki tomonning roziligi bilan bekor qilinishi talab etiladi. Shu sababdan ham har ikki futbolchi jiddiy tarzda ogohlantirildi. Biroq hali ularning yosh ekani inobatga olinib, har ikkala o‘yinchiga ham bundan buyon qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ymasligi tushintirildi. 

Agar qaysidir futbolchi amalda shartnomasi bo‘la turib, boshqa klub bilan shartnoma imzolaydigan bo‘lsa, PFL o‘sha o‘yinchini ma’lum muddatga futbol faoliyatidan chetlatadi.

Shuningdek, PFL “Sherdor” futbol klubini ham ogohlantirdi. Kelgusida ham mazkur klub boshqa jamoaga tegishli futbolchilar bilan o‘zboshimcha tarzda shartnoma tuzgudek bo‘lsa, “Sherdor”ga nisbatan jiddiy sanksiyalar qo‘llaniladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 21:19, 03.08.2018.
O'qildi: 2545 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.