Yaponiyalik mashhur yarim himoyachi Kesuke Xonda “Melburn Viktori” jamoasiga o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jamoa 32 yoshli futbolchi bilan 1 yilga mo‘ljallangan shartnoma tuzdi. Chonda Avstraliyada 3 million yevro ishlab topadi.
Eslatib o‘tamiz, Xonda o‘tgan mavsum Meksikaning “Pachuku” jamoasi sharafini himoya qilgan edi.