Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

«Shohsupa sari yo‘l». Gulnoza Matniyozova sportga qiziqish sababi, chempionlik siri va boshqalar haqida

«Shohsupa sari yo‘l». Gulnoza Matniyozova sportga qiziqish sababi, chempionlik siri va boshqalar haqida

Baho:
+ | -

Yana bir necha kundan so‘ng Indoneziyada navbatdagi Osiyo o‘yinlari start oladi. Milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot va Media departamenti ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etuvchi yetakchi sportchilarimiz bilan qisqa intervyular tashkil qilib kelmoqda. Bugun savollarimizga o‘zbek ayollari ichida dzyudo bo‘yicha jahon turnelarida birinchi oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchi Gulnoza Matniyozova javob qaytaradi.

Sportga qiziqish sababi

Taxminan besh yoshimda ota-onam bilan birga televizor ko‘rib o‘tirardik. O‘shanda mamlakatimizning birinchi prezidenti yosh kurashchilarni medallar bilan taqdirladilar. Shunda men ham qiziqib dadamdan so‘ragandim: «Men ham sportchi bo‘lsam prezidentimiz medal beradilarmi?». Shu tariqa sportga qiziqib, mashg‘ulotlarda qatnasha boshlaganman. Yakkakurashchi bo‘lganim bilan, sportning gimnastika va futbol turlarini ham juda yaxshi ko‘raman.

Ovqat tanlamaydi

Ovqatlanish tartibim haqida gapiradigan bo‘lsam, hamma kabi taomlar iste’mol qilaman. Ovqat tanlab o‘tirmayman. Ertalab ko‘p ham nonushta qilmayman.

Chempionlik siri

Buning uchun har bir sportchi o‘z oldiga maqsad qo‘yishi lozim. Mehnat qilib, o‘z ustida muntazam ravishda ishlash kerak. Murabbiy ko‘rsatmalarini doimo bajarishi shart. Ana shunda u o‘z maqsadiga erishadi va shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan o‘rin oladi.

Osiyo o‘yinlari oldidan

Indoneziyadagi musobaqaga jiddiy ravishda tayyorgarlik ko‘rdik. Hozircha bu borada aniq bir gap ayta olmayman. Ammo, sovrindorlar qatoridan o‘rin olish uchun jiddiy ravishda harakat qilaman. Osiyo o‘yinlarida jamoadoshlarimga ham omad tilayman.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 14:49, 10.08.2018.
O'qildi: 2243 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.