Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

No‘’mon Hasanov: «Otaqo‘ziyevning gol urishiga ishongan edim»

No‘’mon Hasanov: «Otaqo‘ziyevning gol urishiga ishongan edim»

Baho:
+ | -

Superliga 21-tur doirasidagi “Qo‘qon-1912” – “Paxtakor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumaning ikkinchi qismida No‘’mon Hasanov va uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi Quvondiq Ro‘ziyevlar qatnashdi.

No‘’mon Hasanov: - Tomoshabinbop o‘yin bo‘ldi. Bugun faqat g‘alaba uchun maydonga tushgandik. Birinchi bo‘limda 3 ta golga tortadigan vaziyat yaratdik, shulardan bittasidan foydalanganimizda edi, o‘yin boshqacha bo‘lar edi. Lekin yo‘qotishlar baribir o‘z so‘zini aytdi. Javohir Sidiqov hamda Jasur Hakimovlar bo‘lganida boshqacha taktikada o‘ynardik.

Bugun raqibimiz kuchli bo‘lgani bois, himoyaviy taktikada to‘p surdik. Ijaraga olingan futbolchilar borasida O‘FA qandaydir qaror chiqarishi kerakka o‘xshaydi.

Goldan keyin futbolchilarimiz ruhiy tomondan ustunlikka ega bo‘lishdi va ketma-ket hujumlar uyushtirishdi. O‘zi futbolda shunday gol urgach, ruhiy tomondan ustunlikka erishasiz.

Otaqo‘ziyevni o‘yinga tushirayotganimda gol urishiga ishongan edim. Unga baribir senda vaziyat bo‘ladi degan edim. O‘yin natijasidan xursand ham xafa ham emasman. Bugun bizni tinimsiz qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman.

Quvondiq Ro‘ziyev: - Muxlislarimizga katta rahmat. Ular 12-o‘yinchi sifatida bizni qo‘llab-quvvatlab turishdi. O‘yindagi g‘alaba biz uchun muhim edi. Javohir Sidiqovning yo‘qligi bilindi. Uning o‘rnini bilintirmaslikka harakat qildik.

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 21:41, 12.08.2018.
O'qildi: 2314 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.