Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Jazo summasi - 19 «limon» yoxud Ronaldu va Ispan soliqchilari o‘rtasidagi mojaro haqida batafsil

Jazo summasi - 19 «limon» yoxud Ronaldu va Ispan soliqchilari o‘rtasidagi mojaro haqida batafsil

Baho:
+ | -

Portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronalduning yaqinda «Real»dan «Yuventus»ga o‘tganidan xabaringiz bor. Ispaniya soliqchilari bilan mojarodan qutulish uchun u yirik summadan mahrum bo‘lishga ham tayyor.

«SE» nashri barchasi qanday boshlangani haqida ma’lumot berdi.

Suddagi ishtirok

Krishtianu Ronaldu 2017 yilning 31 iyulini eslashni unchalik ham istamaydi. Aynan shu kuni uning soliqlarni yashirishi borasida Madrid sudidagi birinchi chiqishi bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya terma jamoasi yetakchisi o‘shanda 2011-2014 yillarda imij huquqidan olgan daromadlari orqali Ispaniya g‘aznasiga 14,7 million yevro miqdoridagi soliqni bermaganlikda ayblangan. Ronalduning chiqishi bir yarim soatga cho‘zilgandi.

Bu vaqt oralig‘ida Ronaldu sudga tushuntirish bergan. Shunda bir savolga javob sudyaga aniqdek ko‘rinmadi va futbolchiga tarjimon xizmatidan foydalanishni taklif qilishdi. Krish esa «Yo‘q, faqat o‘zim javob beraman», degandi. Sud jarayoni yopiq bo‘lgani bois, 15ta mamlakatdan tashrif buyurgan 200 nafardan oshiq jurnalistlar tashqarida kutib turishgandi.

Jarayon yakunlangach, Krishtianu tashqariga chiqib hammasini gapirib berishi kerak edi. Biroq barchasi asabiy kechgani bois, futbolchi fikr bildirishni istamadi. U o‘z vakili orqali tez orada bayonot berishini ma’lum qildi.

Bayonot

Tez orada Ronalduning so‘zlari internetda tarqaldi. Marca nashrining xabar berishicha, Krishtianu o‘zining aybsiz ekanligini ma’lum qildi. «Hech qaysi mamlakatda soliq idoralaridan hech nimani yashirmaganman. Bunday muammolarga duch kelmagandim. Barcha soliqlarni to‘lab, daromadlarini deklarasiya qilishi lozim.

Meni taniydiganlar yaxshi bilishadiki, o‘z maslahatchilarimdan shuni talab qilaman. Menga hech qanday muammolar kerak emas», - dedi Ronaldu. Portugaliyalikning aytishicha, unga 2010 yili joriy qilingan sistema bo‘yicha ayblov e’lon qilishgan. Uning aytishicha, 2004 yili «MYU» yuristlari taklif qilgan sistema orqali soliq to‘lab kelgan.

Ushbu sxemada offshor kompaniyalarning ham ishtiroki bo‘lgan. Biroq bu tizim hozirgi kunda ham Angliyada hech qanday e’tirozga sabab bo‘lmaydi.

Qonunchilikdagi farq

Ispaniya prokuraturasi noroziligiga sabab bo‘lgan ikkita farqdan bittasi ham shu. Ronalduga qo‘yilgan ayblovlardan biri, futbolchi Angliya soliq standartlaridan Ispaniya soliq maydonida foydalangan. Ikki mamlakat qonunchiligi bu borada farq qiladi. Agar portugaliyalik futbolchi Ispaniya qoidalariga amal qilganida, u katta miqdorda soliq to‘lardi.

Demak, 2010 yildan boshlab, kimki Ispaniyada ishlasa va shu bilan birga xorijda daromad olayotgan bo‘lsa, soliq idoralariga ana shu daromadining 52 foizini to‘lashi lozim. Italiyaga solishtiradigan bo‘lsak, bunday foydaga maksimal soliq 100 ming yevroni tashkil qiladi.

Kechikkan deklarasiya

Ikkinchi sabab - soliq deklarasiyasini topshirish vaqti. Ronaldu 2011, 2012 va 2013 yillarda imij huquqidan olgan daromadlari deklarasiyasini 2014 yili topshirgan. Ispaniyalik soliqchilar deklarasiyani har yili to‘ldirish kerakligini talab qilishgan. Chunki yildan-yilga soliq stavkalari, valyuta kurslari o‘zgarib turadi.

Ayblov va kelishuv

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 07:15, 13.08.2018.
O'qildi: 3600 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.