Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Olimpiya shaharchasidan xabar qilamiz: O‘zbekiston MOQ shtabida tayyorgarlik avjida

Olimpiya shaharchasidan xabar qilamiz: O‘zbekiston MOQ shtabida tayyorgarlik avjida

Baho:
+ | -

Yana bir kundan so‘ng Jakartada XVIII Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Ushbu muhim tadbir oldidan Olimpiya shaharchasida joylashgan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi shtabida ishchi guruh va sport federasiyalari vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Uni Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov olib bordi.

Yig‘ilish davomida ertangi ochilish marosimiga bag‘ishlangan rejalar, shuningdek, bir qator tashkiliy masalalar, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish, sportchilarning muhim bahslarga ruhiy tayyorgarligi muhokama qilindi. Zero, 19 avgustdan boshlab asosiy bahslarga start beriladi. Ushbu muhim bellashuvlarga sportchilarimizning ruxan tayyor bo‘lishi natijalarga albatta o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Bu ham yig‘ilish davomida ko‘rilgan eng asosiy masalalardan biri bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, 19 avgust kuni birinchilardan bo‘lib suzish, erkin kurash, ushu, o‘q otish, akademik eshkak eshish, tennis hamda qilichbozlik bo‘yicha bahslarda sportchilarimiz o‘z ishtiroklarini boshlashadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 20:09, 17.08.2018.
O'qildi: 1694 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.