Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

Intervyu. Suso: «Milan»da o‘ynash men uchun faxr»

Intervyu. Suso: «Milan»da o‘ynash men uchun faxr»

Baho:
+ | -

«Milan» yarim himoyachisi Suso Ispaniyaning Marca nashriga intervyu berib, suhbat chog‘ida aktual mavzular bo‘yicha fikrlarini bildirib o‘tdi.

***

- Bu ta’tilllar juda uzoq cho‘zildi. Faoliyatimdagi eng uzog‘i desam ham bo‘ladi. Vaholanki, jahon chempionatiga bormagandim. «MYU»ga qarshi dastlabki o‘yinimizni yomon o‘tkazmadik. «Tottenxem» bilan yaxshi o‘ynagan bo‘lsakda, mag‘lubiyatga uchradik. Har holda, o‘sish bor.

***

- G‘alaba qozonish hamisha yoqimli, hattoki, mavsumoldi yig‘inlarda ham.

«Barselona»ga qarshi maydonga tushdik. Biz ularni yaxshi o‘rgangan edik. Kataloniyaliklar safida jahon chempionatida ishtirok etgan futbolchilar yo‘q edi. Lekin «Barsa»ning kuchi futbolchilarida emas, balki o‘ziga xos falsafasida.

***

- Manchesterliklar darvozasiga urgan golim? Raqib darvozasini ishg‘ol qilish hamisha yoqimli. Mavsum avvaligacha o‘zimizni o‘nglab olishimiz kerak. Iyulda oyoqlarimiz og‘irlashib qolgandi. Italiyada jismoniy tayyorgarlikka katta e’tibor qaratishadi.

Bu yerga kelganimdayoq farqni sezganman. Ayni payt biz Ispaniya va Angliyadan farqli o‘laroq, taktika va jismoniy tayyorgarlik borasida mashg‘ulotlar o‘tkazyapmiz. To‘psiz mashqlar juda ko‘p.

***

- Gattuzo futbolchilarning holati borasida jiddiy qayg‘uradi. Bu tayyorgarlikning eng qiyin qismlaridan biridir. Murabbiyimizda «Milan» DNKsi bor. U o‘zimizga bo‘lgan ishonchni orttirishimizga harakat qilyapti. Jennaro kelganidan so‘ng ancha kuchaydik.

***

- Oldinga intilishim kerak, deyarli 25 yoshga to‘ldim. Gollar va paslar berish borasida ko‘rsatkichlarim ancha past. Endi Gattuzo bilan ko‘proq ishlashim lozim.

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 20:54, 19.08.2018.
O'qildi: 2887 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.