Portugaliya terma jamoasi va “Yuventus” futbolchisi Krishtianu Ronaldu o‘g‘li futbolchi bo‘lishini xohlayotgani haqida aytib o‘tdi.
“U bolaligimdagi kabi, raqobatlashishni yoqtiradi. U yutqazishni yomon ko‘radi. Men ishonaman, u 100 foiz mendak futbolchi bo‘ladi. Umid qilaman men tajriba, motivatsiya va maqsadlar bilan unga nimadir o‘rgata olaman. Ammo kim bo‘lishni uning o‘zi hal qiladi.
U jismonan tetik, tezkor va kuchli zarba ham bera oladi. U hali yosh men unga bosim qilishni xohlamayman. Qarorni uning o‘zi qabul qiladi”, deya Ronaldu so‘zlarini keltiradi Goal nashri.