Yaponiya futbol assosiasiyasi (JFA) Yaponiya – Chili o‘rtoqlik uchrashuvini qoldirdi.
Ushbu o‘yin bugun, soat 15:00da boshlanishi kerak edi. Biroq, tunda, Yaponiyaning shimolida, Sapporo shahri yaqinida 6,7 ball magnitudali zilzila ro‘y berdi.
AP xabariga ko‘ra, zilzila natijasida 9 nafar inson halok bo‘lgan, 366 nafari jarohatlandi, 30 nafari daraksiz yo‘qoldi.
Aholi yashaydigan joylar elektr energiyasi va suv tarmoqlaridan uzilib qoldi, uyali aloqa tizimi ishdan chiqdi.
Endi JFA chipta sotib olgan muxlislarga pullarini qaytarib beradi.