Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

O‘FA mutaxassislari RPFL prezidenti qabulida bo‘lishdi

O‘FA mutaxassislari RPFL prezidenti qabulida bo‘lishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasining Dilshod Saidmurodov, Jo‘rabek Sabdarov va San’at Sharipovlardan iborat mutaxassislari guruhi Rossiya futbol uyushmasi hamda professional futbol ligasida ishtirok etayotgan bir necha professional klublar bilan muzokaralar o‘tkazish, ularning faoliyatini o‘rganish hamda ular bilan hamkorlik o‘rnatish maqsadida jo‘nab ketishgani haqida xabar bergan edik.

O‘FA mutaxassislari guruhi Rossiya safarini Rossiya premyer ligasining amaldagi chempioni bo‘lgan Moskvaning “Lokomotiv” futbol jamoasi ijrochi direktori Aleksey Kirichek hamda ijrochi direktor o‘rinbosari Dmitriy Ivanovlar bilan uchrashuv bilan boshlashgan edi.

Navbatdagi muzokaralar Rossiya futbol uyushmasi vise-prezidenti, Rossiya professional futbol ligasi prezidenti Sergey Pryadkin bilan o‘tkazildi. Muzokaralar boshida RFPL prezidenti o‘zbekistonlik mutaxassislarni xush kayfiyat bilan qarshi olar ekan, ularni Moskvada ko‘rib turganidan mamnunligini ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng muzokaralarning amaliy qismiga navbat berilib, uchrashuvga RPFLning audit bo‘limi vakillari ham taklif etildi. RPFL Rossiya futbol ligasiga tegishli tashkilot bo‘lib, Rossiya premyer ligasi o‘yinlarini tashkil etish hamda translyasiya qilish bilan shug‘ullanadi. Avvalo so‘z translyasiyalar haqida borib, RPFL ulardan tushgan mablag‘larning asosiy qismini klublarga ajratadi. Bu summadan faqatgina hakamlarga va qo‘mitaning ayrim xarajatlarini qoplash uchungina ma’lum bir foizlar olib qolinadi. Rossiyalik mutaxassislar futbol ligasining har bir bo‘limi o‘z normativ hujjatlari va reglamentiga ega ekanligini ta’kidlashdi.

Shundan so‘ng suhbat O‘zbekiston professional futbol ligasi misolida ligaga qarashli bo‘limlarning ish va sifat samaradorligini oshirish uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlar haqida davom etdi. RPFL vakillari bu borada qo‘llaridan kelgan barcha maslahat va yordamlarini o‘zbekistonlik mutaxassislardan ayamasliklarini aytib o‘tishdi.  Klublarni lisenziyalashtirish qanchalik to‘g‘ri amalga oshirilsa, ularni nazorat qilish shunchalik oson ko‘chishi hamda halollik kuchayishi rus mutaxassislari tomonidan alohida ta’kidlandi. Shunda klublar tomonidan pul o‘zlashtirish minimal darajaga pasayib, shaffoflik yaqqol ko‘zga tashlana boshlaydi.

Muzokara davomida Sergey Pryadkin o‘zbekistonlik mutaxassislarga Yevroosiyo futbol konfederasiyasini tashkil etish taklifi bilan chiqdi. Yoshi katta futbolchilarning vaqtlari tig‘iz bo‘lishini hisobga olgan holda 15-16 yoshli futbolchilar o‘rtasida musobaqalar tashkil etishni taklif etdi. Mutaxassislarimiz O‘FA bu taklifdan xursand bo‘lishini va mamnuniyat bilan qo‘llab quvvatlashi ehtimoli katta ekanini aytishdi. Hamda agar bu konfederasiyani tashkil etish rejasi amalga oshsa, birinchi musobaqani Toshkentda o‘tkazish kerakligini ham ta’kidlandi. Agarda bu g‘oya amalga oshsa, bolalar futboli rivojiga ham so‘zsiz katta xissa qo‘shishi aniq.

Pryadkin so‘zi oxirida futbol Rossiyada ham xuddi O‘zbekistondagi kabi davlat ahamiyati darajasidagi sport ekanligini aytib, 2030 yilgacha Rossiya futbolini rivojlantirish davlat dasturi qabul qilinganini ta’kidladi.

Shu bilan bu do‘stona uchrashuv nihoyasiga yetdi. Mutaxassislarimizning Rossiyaga qilgan mehnat safarlarai davom etmoqda.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 17:36, 07.09.2018.
O'qildi: 2117 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.