Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

O‘zbekiston U17 termasi yig‘in davomida 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

O‘zbekiston U17 termasi yig‘in davomida 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

Baho:
+ | -
Toshkentda yig‘inga kirishgan O‘zbekiston U17 termasi 10 va 11 sentyabr kunlari o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etadi.    10 sentyabr kuni 18:00 da futbolchilar Pro-Liga “B” zonasida peshqadam bo‘lib turgan “Nurafshon” klubiga qarshi saf tortadi. Uchrashuv “Milliy stadion” qoshidagi akademiya maydonida bo‘lib o‘tadi.    Otabek G‘ulomxo‘jayev jamoasi bunga qadar ham “Nurafshon” klubiga qarshi ikki bor kurash olib borgan. Avvalgi yig‘inlar doirasidagi o‘yinlarning birida hisob ochilmagan bo‘lsa, yana birida terma futbolchilari 1:0 hisobida ustun kelgan. Bu safargi to‘qnashuv yangi chaqiruv olgan futbolchilarni sinab olish hamda avvalgi futbolchilar o‘yinidagi o‘zgarishlarni aniqlab olish uchun kerakdir.    Ertaga — 11 sentyabr kuni 10:00 da “Bunyodkor” yoshlari O‘zbekiston U17 jamoasiga raqib bo‘ladi. Shuhrat Maqsudov boshchilik qilayotgan jamoaga qarshi bellashuvga ham “Milliy stadion” qoshidagi akademiya maydoni mezbonlik qiladi.    Bosh murabbiy rejasiga ko‘ra, yig‘inning so‘nggi kuni — 13 sentyabrda jamoa a’zolari teng ikkiga bo‘linadi hamda nazorat uchrashuvi o‘tkaziladi. Bu bellashuv 10:00 ga tayin qilingan. Ayni vaqtda yig‘inda bo‘lib turgan futbolchilardan ikkita teng tarkib yasash mumkin.
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 18:17, 10.09.2018.
O'qildi: 3362 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.