Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

«27 nafar muxlis endi stadionga kiritilmaydi» – «Navbahor» tartibbuzar muxlislariga keskin chora ko‘rdi

«27 nafar muxlis endi stadionga kiritilmaydi» – «Navbahor» tartibbuzar muxlislariga keskin chora ko‘rdi

Baho:
+ | -

Namanganning “Navbahor” klubi “Paxtakor”ga qarshi o‘yinda tartibni buzgan muxlislarga nisbatan keskin chora ko‘rganini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 16 sentyabr kuni “Navbahor” “Markaziy” o‘yingohining anjumanlar zalida navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazilgan. Yig‘ilishda Namangan viloyat futbol assosiasiyasi vise-prezidenti Shamshod Ergashovich Sarikov, Namangan viloyat futbol assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Bahrom Muhitdinovich Xolmirzayev, “Navbahor” PFK direktori v.b. Ilhomjon Qodirovich Mirzaboyev, “Navbahor” PFK va “Markaziy” o‘yingoh xodimlari, “Navbahor” Muxlislar bilan ishlash bo‘limi yetakchisi Farhod Umaraliyev, shuningdek, “Navbahor” ishqibozlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Shamshod Ergashovich so‘zga chiqib, Superliga 23-turi doirasidagi “Navbahor” – “Paxtakor” uchrashuvida ajoyib muxlislik qilishgani, fantastik muhit yaratib berishgani uchun ishqibozlarga o‘z minnatdorchiligini bildirib, uchrashuvning so‘nggi daqiqasida Igor Golban tomonidan urilgan golda muxlislarning ham munosib hissalari borligini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, Shamshod Ergashovich o‘z so‘zida guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek, muxlislar orasida ham madaniyatsiz, muxlislik etikasiga rioya qilmaydigan ishqibozlar ham borligiga to‘xtalib, kechagi o‘yinning videoyozuvini stadionda o‘rnatilgan kameralar orqali ko‘rib chiqib, tartibsizlikka yo‘l qo‘ygan 27 nafar muxlis shaxsini aniqlab, ularga nisbatan keskin choralar ko‘rilganligi, endi ushbu ishqibozlar “Navbahor”ning joriy mavsum yakunigacha bo‘lgan barcha bahslarida stadionga kiritilmaydigan bo‘lganini ta’kidladi.

Shuningdek, mazkur yig‘ilishda “Navbahor”  Muxlislar bilan ishlash bo‘limi yetakchisi  Farhod Umaraliyev ham ogohlantirildi. Muxlislar yana shunday tartibsizlikka yo‘l qo‘yadigan bo‘lsa, unga nisbatan ham qat’iy choralar ko‘rilishi belgilandi.

Ushbu yig‘ilishdan kelib chiqib, “Navbahor” jamoasining Superliga birinchi bosqich uy uchrashuvlariga eng ko‘p muxlis tashrif buyurganligi uchun ularga PFLning maxsus sovg‘asi topshirilgani va muxlislar shunga yarasha ishonchni oqlashlari, muxlislik madaniyatini oshirishlari, mehmon jamoa vakillari  hamda  hakamlarga nisbatan  haqoratli so‘zlar ishlatmasliklari, ularni hurmat qilishlari lozimligi ta’kidlandi va ushbu masala bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 11:50, 17.09.2018.
O'qildi: 3336 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.