Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Ilxom Mo‘minjonov: «Navbahor» maydonga qarab o‘ynamaydi»

Ilxom Mo‘minjonov: «Navbahor» maydonga qarab o‘ynamaydi»

Baho:
+ | -

Superliganing 23-turi doirasidagi  “Navbahor” – “Paxtakor” (3:3) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Ilhom Mo‘minjonov ishtirok etgan.

"Ha, O‘zbekistondagi eng kuchli jamoaga qarshi o‘ynadik. Uchrashuv muxlislarga yoqdi, deb o‘ylayman. Chunki  ular gollar shousiga guvoh bo‘lishdi. Meni xursand qilgan jihat shuki, shogirdlarim  o‘yinning  90 daqiqa davom etishini  tushunishdi va hakamning so‘nggi hushtagi chalinishiga qadar kurashishdi.

Mazkur o‘ying tanlangan taktikamiz ish berdi.  To‘g‘ri, darvozamizdan ko‘p gol o‘tkazib yubordik. “Navbahor”da ishlayotganimdan buyon  jamoa Namanganda o‘z darvozasidan hali 3 marta to‘p olib chiqmagan edi. Ammo raqibimizning ham “Paxtakor” ekanligini unutmaslik kerak. Futbolchilarga oxirigacha kurashishgani va o‘ynashgani uchun rahmat aytaman.

Diskvalifikasiya sababli, 2 nafar futbolchimiz:Oston O‘runov va Jahongir Mehmonov maydonga tusha olmadi. Jamoa sardorini esa futbolchilar tanlashdi. Endilikda yil oxiriga qadar jamoani Davron Hoshimov sardor sifatida maydonga boshlab tushadi.

Uning sardorlik o‘yini aynan “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvda boshlandi. Hoshimov to‘rtinchi sariq kartochkasini oldi va kelasi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Keyingi bahsda endi yana boshqa sardorni ko‘ramiz.

Oxirgi yillarda “Lokomotiv” va “Paxtakor” chempionlik shohsupasidan pastga tushmayapti. Ammo “Bunyodkor”ni ham unutmaslik kerak. “Paxtakor” mamlakatimizning eng kuchli jamoalardan biri.

Chunki har bir futbolchining ko‘z oldida “Paxtakor” nomi jaranglaganda yirik va kuchli jamoa gavdalanadi. Superliganing kuchli oltiligida kuchsiz jamoalar yo‘q va endi oson o‘yinlar bo‘lmaydi. Chempionlik kurashi esa davom etadi. Biz maydonga qarab o‘ynamaymiz, aksincha, raqibdan kelib chiqib, o‘yinni tashkil etamiz", degan Mo‘minjonov.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 12:08, 17.09.2018.
O'qildi: 3540 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик