Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Aleksandr Lobanov: «Lokomotiv» bilan o‘yin final maqomiga teng»

Aleksandr Lobanov: «Lokomotiv» bilan o‘yin final maqomiga teng»

Baho:
+ | -

"Paxtakor" darvozaboni Aleksandr Lobanov “Lokomotiv”ga qarshi o‘yin oldidan intervyu berdi.

O‘yinga tayyorgarlik qanday ketmoqda?

- Tig‘iz taqvim paytida, keyingi uchrashuvgacha kam vaqt qolganda ruhan tayyor bo‘lish talab etiladi. Jismoniy tarafdan biz har bir o‘yin va raqibga qarshi hozirmiz. Jamoaning yaxshi ishtiyoq va sog‘lom aqlga ega bo‘lishi muhim.

"Lokomotiv" jiddiy raqib, bu qo‘shimcha ishtiyoq beradi. Yangi qoidaga ko‘ra, to‘qnashuv bir bahsdan iborat bo‘ladi, bu esa deyarli final degani. Biz kubokka ikkinchi musobaqadek yengil munosabatda bo‘lmaymiz. G‘alaba Chempionlar ligasiga yo‘llanma taqdim etadi. Chempionat yoki kubokdan qat’i nazar, har bellashuvda g‘alaba uchun maydonga tushish darkor.

"Lokomotiv" haqida nima deya olasiz?

- Ko‘plab uchrashuvlarda maydonga tushganman. Uyda va safarda erishilgan g‘alabalar bo‘lgan. Ayniqsa, bir necha yil oldin mehmonda ularni mag‘lub etib, chempionlikni deyarli hal etganimiz yodimda.

"Lokomotiv"ga qarshi doim tayyorgarlik o‘zgacha o‘tadi. Ularda yaxshi jamoa, kuchli futbolchilar bor. Mavsum boshidagi qiyinchilikka qaramay, bu jamoa bizning asosiy raqibimizga aylandi. Ularga qarshi bir o‘yin bilan ko‘p narsalarga e’tibor qaratish mumkin.

 

Superliganing yangi formati haqida qanday fikrdasiz?

- Har bir yangilikni asta-sekin joriy etish kerak - bu shaxsiy fikrim. Ko‘p klublar bunday keskin o‘zgarishga tayyor emasdi. Chempionat ikkiga bo‘linib ketdi: oltitalikkacha va undan keyingi. Jamoalar ikki musobaqada ishtirok etishmoqda va har qanday holatga tayyor bo‘lishlari kerak.

Ilgari ba’zi jamoalar chempionlik uchun kurashgan bo‘lsa, boshqalari o‘rnini saqlash uchun o‘ynashardi. O‘rtadagi jamoalarda ishtiyoq yo‘qolardi. Hozir barcha kurashga kirishgan va hech qanday kafolatga ega emas. Oxirgi turda "Neftchi"ning AGMKni mag‘lub etgani farg‘onaliklar tanaffus davrida tayyorgarlik ko‘rishga ulgurishganini bildiradi. Endi ular Superligada qolish uchun kurashishmoqda. Chempionat saviyasi oshdi va o‘rtamiyona jamoalar ko‘proq ishtiyoqqa ega.

Superliganing ushbu bosqichi bo‘yicha taxminingiz qanday?

- Biz chempionat va kubokda faqat g‘alaba uchun kurash olib boramiz. Oxirgi turgacha bo‘shashmaymiz, bunga raqiblar ham imkon berishmaydi. Barcha klublarga omad, o‘zimizga esa chempionlikni tilayman.

Manba: www.pakhtakor.uz
Kiritildi: 17:07, 17.09.2018.
O'qildi: 2907 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.