Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Tayyor mablag‘ga o‘rgangan klublar muxlislar bilan ishlashda ancha sust

Tayyor mablag‘ga o‘rgangan klublar muxlislar bilan ishlashda ancha sust

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Chempionat startidanoq PFL muxlislar masalasida o‘zgarishlarga qo‘l urdi. Futbol uchrashuvlari ish kunlari 18:00 dan erta boshlanmasligi ta’minladi.

Shuningdek, muxlislarga qulayliklar yaratish maqsadida PFL ichki ishlar organlari bilan hamkorlik olib bordi hamda ichimlik suvlari, oziq-ovqat mahsulotlari savdosiga yo‘l ochildi. Ramazon oylarida muxlislarning og‘iz ochish vaqtlari, farzlarini ado etishlari masalasi inobatga olindi. Ular Jahon chempionatini bemalol kuzatib borishlari uchun chempionatda tanaffus ham e’lon qilindi.

Ko‘rinishidan, futbol klublari bu ishni o‘zlari davom ettiradigandek edi. Ammo amalda bunday bo‘lib chiqmayapti. Muxlislar bilash ishlash masalasida Superliga klublari 23-turda ancha past natija qayd etdi. Odamlar ko‘nglini yozishi uchun choralar ko‘rilmagani aniqlandi.

Vaholanki, klublar aslida bundan manfaatdor bo‘lishi kerak. Klub pul ishlashi uchun muxlislar bilan doim ish olib borilishi shart. Tayyor mablag‘larga o‘rganib qolgan klublar rahbariyatiga esa bu ortiqchadek. 2019 yildan boshlab PFL klublar hisob raqamiga pullarning kelib tushishi masalasiga jiddiy e’tibor beradi. Chiptalar savdosi, homiylik mablag‘lari, transferlardan tushadigan daromad klublar rivojlanishi uchun muhim. Talab darajasida ishlay olmayotgan rahbarlar esa o‘z o‘rnini ishchan, futbolni sevuvchi va uning rivoji yo‘lida mehnat qiluvchilarga bo‘shatib berishi kerak bo‘ladi. 

Professional futbol ligasi shu o‘rinda futbol muxlislariga ham yuzlanadi. Ular stadionlarga yanada yaqinroq bo‘lishlari uchun qanday choralarni amalga oshirish kerak? Marhamat, o‘z taklifingizni quyidagi pochta manzili (info@pfl.uz)ga yozib yuboring yoki tashkilotimizning Instagram sahifasidagi shu mavzudagi surat ostiga izoh qoldiring. Klublar rahbariyati esa buning ustida ish olib borishi shart bo‘ladi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 18:26, 17.09.2018.
O'qildi: 3639 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.