Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka 2-1 Real Madrid
04/04 21:00 Verona 0-1 Fiorentina
04/04 21:30 Betis 0-0 Espanyol
04/04 23:45 Lasio 1-1 Parma
05/04 00:00 Atletiko 1-2 Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna
06/04 15:30 Udineze - Komo
06/04 18:00 Lechche - Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal

Ronaldudan yana gol yohud Italiyada tur voqealari

Ronaldudan yana gol yohud Italiyada tur voqealari

Baho:
+ | -

Kecha Italiya chempionatining 5-turiga yakun yasaldi. Ronaldudan yana gol,  Spaletti chetlatildi. “Roma” hamon o‘ziga kelolmayapti yoxud Italiyada tur voqealari.

“Frozinone” – “Yuventus” 0:2.

Ushbu turda Krishtianu Ronaldu yetakchiligidagi “Yuventus” “Frozinone” maydoniga safar uyushtirdi. Massimiliano shogirdlari uchrashuvni ancha hujumkor boshlashdi biroq jamoa ikkinchi bo‘lim ohirlarida gol urishga erishdi. Bernardeskining maydonga tushishi “zebralar” uchun omadli keldi. Dastlab Ronaldu, so‘ngra Bernardeski o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Mazkur turdan so‘ng jamoa 15 ochko jamg‘argan holda musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi. “Yuventus” keyingi turda  o‘zida “Bolonya”ni sinovdan o‘tkazadi.

“Bolonya” – “Roma” 2:0.

“Bolonya” Turinga yaxshi kayfiyatda yo‘l oladigan bo‘ldi. Jamoa bu turda omadsiliklar girdobida qolgan “Roma”ni mag‘lub etdi. “Bo‘rilar” chempionlar ligasidagi mag‘lubiyatdan so‘ng o‘zlariga kelib ulgurmagan ko‘rinadi.

“Milan” – “Atalanta” 2:2.

“Milan” futbolchilari Guttuzoning g‘azabini qo‘zg‘otishda davom etadi. Jamoa bu turda yutayotgan joyida g‘alabani qoldan chiqardi. Iguain va Bonaventuraning gollari jamoaning g‘alabasini taminlamadi. Ushbu turdan so‘ng Gattuzo shogirdlari 5 ochko bilan musobaqaning 12-o‘rnida bormoqda.

“Torino” – “Napoli” 1:3.

Anchelotti jamoasi bu turda safarda turinliklarni mag‘lub etdi. Jamoa safarda o‘ynashiga qaramay raqiblar darvozasiga 3 ta gol urishga erishdi. Mazkur uchrashuvda Anchelotti jamoani yangi shemada (4-4-2) o‘ynatishga qaror qildi. Bosh murabbiyning fikricha bu shema “Napoli” uchun mos tushdi.

“Lasio” – “Jenoa” 4:1.

“Burgutlar” bu turda yirik g‘alabaga erishdi. Jamoa yetakchilari Milinkovich- Savich va Chiro Immobilening gollari jamoasiga muhim ochkolarni olib keldi.

“Sampdoriya” – “Inter” 0:1.

Chempionlar ligasidagi “Tottenxem” ustidan qozonilgan g‘alabadan ruhlangan Spaletti shogirdlari bu turda safarda “Sampdoriya” ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi. Ushbu uchrashuvda “Inter” yirikroq hisobda g‘alaba qozonishi mumkin edi, biroq VAR ularning 2 ta golini inobatga olmadi. Shuningdek,  hakam “Inter” bosh murabbiyi Luchano Spalettini ham maydondan chetlatdi.

Shuningdek, bu turda “Sassuolo” “Empoli”ni, “Fiorentina” “Spal”ni mag‘lub etgan bo‘lsa, “Udineze” safarda “Kyevo”da ustun keldi.

5-turning barcha uchrashuvlr natijalari:

Italiya chempionati 5-turdan so‘ng turnir jadvali:

Italiya chempionati 5-turdan keyin to‘purarlar ro‘yxati:

 

Jaloliddin Qobiljonov

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 11:45, 24.09.2018.
O'qildi: 8312 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик