O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan 5 ta yosh toifasidagi futbolchilar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati tashkil etilgani haqida xabar bergan edik. 15-20 sentyabr kunlari O‘FA maydonida ushbu musobaqaning 1 bosqich o‘yinlari o‘tkazilib, unda 2001 yilda tug‘ilgan futbolchilar ishtirok etishdi hamda Namangan viloyati g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.
25-30 sentyabr kunlari ushbu musobaqaning 2 bosqichiga start beriladi. Unda respublikamizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan 2002 yilda tug‘ilgan futbolchilar ishtirok etishadi.
Bugun chempionatning mandat komissiyasi ish boshladi. Komissiya har bir futbolchi bilan alohida suhbat o‘tkazadi. Ularning xujjatlarining to‘liqligi, yoshga doir ma’lumotlari tekshiruvdan o‘tkaziladi. Asosiy maqsad, ushbu musobaqada yoshi o‘zgartirilgan futbolchilarning ishtirok etmasligini ta’minlashdir.
Musobaqaning ikkinchi bosqichi ham O‘FA maydonlarida tashkillashtiriladi. Eslatib o‘tamiz, musobaqaning keyingi bosqichlari, 2003 yilda tug‘ilgan bolalar o‘rtasida 20-25 oktyabr, 2004 yilda tug‘ilgan bolalar o‘rtasida 8-13 oktyabr, 2005 yilda tug‘ilgan bolalar o‘rtasida esa 5-10 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
YECHL. «Man Siti» — «Real» — 1:2 (Videosharh) [3762]
Kurtua jarohat oldi! [3628]
Vinisius «Siti» muxlislari ustidan kuldi (foto) [3567]
KAF qarori: Senegal Afrika Kubogi chempionligidan mahrum etildi, Marokash — g‘olib [3040]
«Manchester Siti» — «Real»: Bernardu Silvaning «qovuni» mezbonlarga qimmatga tushmoqda (foto) [2986]
Donnarumma YECHLdagi mag‘lubiyatdan so‘ng Vinisius haqida gapirdi [2894]
Rus sharhlovchisi Abduqodir Husanovning harakatlariga yuqori baho berdi [2334]
Zo'r TV telekanali 18-mart kuni Chempionlar ligasining 2 ta o‘yinini jonli translyasiya qiladi [2302]
Xosep Gvardiola: «Abduqodir Husanov uchun bu Chempionlar ligasidagi ilk tajriba bo‘ldi» [2216]
Mashhur klub Slotni jamoa boshqaruviga olib kelishga tayyor [1934]













