Italiyaning “Milan”klubi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo jamoa hujumchisi Gonsalo Iguainning ahvoli haqida ma’lumot berdi. Futbolchi navbatdagi uchrashuvni o‘tkazib yuborishi mumkin.
“Iguainni eski jarohati bezovta qilyapti. Barchasi ertaga aniq bo‘ladi. Agar u o‘zini yaxshi his etsa o‘ynaydi”, deydi Gattuzo.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan turda “Milan” o‘z maydonida “Atalanta” bilan durrang o‘ynagan edi.