Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Mourinyo Pogba haqida: «Qaror qabul qilindi, hikoya tugadi»

Mourinyo Pogba haqida: «Qaror qabul qilindi, hikoya tugadi»

Baho:
+ | -

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourinyu matbuot anjumanida yarim himoyachi Pol Pogba bilan bo‘lgan nizo haqida fikr bildirdi.

“Sizlarga nima bo‘lgani haqida aytolmayman. Mashg‘ulot ochiq bo‘lgandi. Sizlarda bir nechta kamera bor edi va kameralar suhbatimizning bir qismini yozib olgan bo‘lishi mumkin. O‘zaro suhbatimizga izoh berolmayman bu shaxsiy masala.

Sardor o‘rinbosarlariga kelsak, men bu masala haqida kimlar xabar topishini batafsil ko‘rib chiqdim. Bu qaror haqida jamoa va ayniqsa Pol yaxshi xabardor. Shuning uchun, Pogba va boshqa futbolchilar nega yangi sardor tayinlaganimizni biladilar.

Men har doim futbolchini, futbolchidek tahlil qilaman. Futbolchi sardor bo‘lsa, uni ham futbolchi ham sardor sifatida o‘rganib chiqaman. Bir haftadan keyin tahlil qilish va fikrlar almashunuvidan so‘ng men va murabbiylar shtabi Pogba sardor emas, balki oddiy futbolchi ekanligini amin bo‘ldik. Qaror qabul qilindi.

Men uni va boshqa futbolchilarni bu haqda xabardor qildim. Mendan bu masala bo‘yicha seshanba kuni so‘rashgandi va buni tasdiqlagandim, xullas hikoya tugadi.

Mashg‘ulotlar davomida Pogbadek hech kim shug‘ullanmadi. Mashg‘luotlarda unga yetadigan futbolchini ko‘rmadim. U ertaga maydonga tushadi.

Pogba ham boshqa futbolchilarga o‘xshagan futbolchi. Hech qachon futbolchi jamoadan ustun bo‘la olmaydi. Agar uning o‘yinidan qoniqsam, maydonga tushadi, qoniqmasam yo‘q.

Meni bezovta qilayotgani bu sizlar nega o‘yin emas, balki Pogba haqida so‘rayotganinglar”, – deydi Mourinyo.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 20:18, 28.09.2018.
O'qildi: 12842 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.