Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter 3-2 Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano 3-2 Rasing
05/09 21:30 Xall Siti 0-0 Aston Villa
05/09 23:45 Roma 2-1 Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio

O‘zbekistonda taekvondo WTF targ‘iboti yanada kuchaytiriladi

O‘zbekistonda taekvondo WTF targ‘iboti yanada kuchaytiriladi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, 20 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev jismoniy tarbiya va sport masalalariga bagishlangan yig‘ilish o‘tkazib, mamlakatimizda sportning ommaviyligini oshirish, uni yanada rivojlantirish bo‘yicha istiqboldagi muhim vazifalarni belgilab bergandilar.

Yurtboshimiz tomonidan berilgan bir qator muhim topshiriqlar ijrosini ta’minlash, uni amalga oshirish maqsadida bugun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tashabbusi bilan O‘zbekiston taekvondo WTF assosiasiyasida katta yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda yurtimizda taekvondoning WTF yo‘nalishini yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish, terma jamoa uchun yangi nomlarni saralab olish kabi masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, aholi gavjum joylarda, jumladan markaziy ko‘chalar, istirohat bog‘larida taekvondoni targ‘ib qilish, aholini sportning ushbu turiga qiziqtirish, mehribonlik uylarida turli ko‘rgazmali mashg‘ulotlar o‘tkazish, qolaversa bog‘cha-maktablarda taekvondo to‘garagini ochish bo‘yicha fikr-mulohazalar, takliflar bildirildi.

Qolaversa, O‘zbekistonda ilk marotaba 7-11 yoshli sportchilar o‘rtasida taekvondoning kuryugi va pumse yo‘nalishlari bo‘yicha Respublika birinchiligi o‘tkazilishi ma’lum qilindi. Qayd etish lozimki, bungacha bunday yoshdagi taekvondochilar o‘rtasida ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha O‘zbekiston chempionati tashkil qilinmas edi. Bu qadam mamlakatimizda sportning ushbu turi rivojiga o‘z hissasini qo‘shishiga shubha yo‘q.

Yig‘ilish davomida yaqinlashib kelayotgan ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan taekvondo bo‘yicha sportchilarni tarbiyalayotgan bir qator murabbiylarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Sportchilarimizning qo‘lga kiritayotgan yutuqlarida ustozlarning o‘rni beqiyos ekanligi alohida qayd etildi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 16:50, 29.09.2018.
O'qildi: 1815 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик