Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

«Real» klubi mutaxassislari Ispaniyaga yo‘l olgan yosh futbolchilarimiz bilan mashg‘ulot o‘tkazishmoqda

«Real» klubi mutaxassislari Ispaniyaga yo‘l olgan yosh futbolchilarimiz bilan mashg‘ulot o‘tkazishmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasining 1-vise prezidenti Umid Ahmadjonovning tashabbusi bilan "Real Madrid" klubi akademiyasi va O‘FA o‘rtasida tuzilgan kelishuvga asosan madridlik mutaxassislar tomonidan tanlab olingan 22 nafar bola Real Madrid Foundation Clinic dasturi bo‘yicha master klasslarda ishtirok etib, tajribalarini oshirish maqsadida Ispaniyaning Madrid shahriga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik.

Kecha yosh futbolchilarimiz “Real” klubi akademiyasida dastlabki mashg‘ulotlarni o‘tkazishdi.  Mashg‘ulotlar quvnoq kayfiyatda o‘tib, futbolchilarimiz xorijlik mutaxassislardan o‘ziga xos master-klass olishganini alohida ta’kidlab o‘tish kerak. 

Bugun mashg‘ulotlar davom ettirildi. Madrid klubi akademiyasi murabbiylari o‘zbekistonlik bolalarga maydonda pozisiyalar bo‘ylab joylashuv, standart vaziyatlar, bosh bilan o‘ynash kabi turli usullarni mashq qilishdi. Xorijlik murabbiylar qo‘l ostida shug‘ullanayotgan futbolchilarimiz murabbiylar ko‘rsatmalarini astoyidil bajarishayotganini ham ta’kidlash zarur. Akademiya rahbariyati tomonidan  yurtdoshlarimiz uchun alohida avtobus ajratilgan.

Shuningdek, safar davomida “Real” Madrid klubi muzeyi hamda stadioniga tashrif, mashhur futbolchilar bilan uchrashuvlar kabi tadbirlar ham rejaga kiritilgan.  

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 15:59, 02.10.2018.
O'qildi: 2510 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик