Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Otabek G‘ulomxo‘jayev murabbiyligidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi oktyabr oyida Ispaniyaning Malaga shahrida o‘tkaziladigan xalqaro musobaqa oldidan Toshkentda yig‘inga kirishgani haqida xabar bergan edik. 
 
3 oktyabr kuni safar oldidan terma jamoamiz “Chig‘atoy” sport bazasida yig‘inga kirishgan edi. 3 oktyabrdan 7 oktyabrgacha davom etadigan yig‘in doirasida O‘zbekiston U-17 terma jamoasi “Lokomotiv” klubining o‘rinbosarlariga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazadi. Ushbu o‘yin bugun 5 oktyabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” sport stadionida bo‘lib o‘tadi. 
 
Malagada bo‘lib o‘tadigan musobaqada O‘zbekiston U-17 terma jamoasi 3 ta bahsda maydonga tushadi. 10 oktyabr kuni birinchi bahsda vakillarimizga Fransiya U-18 terma jamoasi raqiblik qilsa, 13 oktyabr kuni Belgiyaga qarshi bahs olib boriladi. Musobaqadagi so‘nggi o‘yin 15 oktyabr kuni Shotlandiya U-18 terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.
 
Otabek G‘ulomxo‘jayev murabbiyligidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasining mashg‘ulotlaridan fotolavhalar:

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 18:17, 05.10.2018.
O'qildi: 2216 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик