Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante 1-1 Jirona
07/03 22:00 Atalanta 2-2 Udineze
07/03 22:30 Atletiko 3-2 Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan - Inter
09/03 01:00 Valensiya - Alaves

Argentinadan eksklyuziv. Kumush medal sohibi Muhammadqodir va uning ustozi muvaffaqiyatdan so‘ng qanday fikrda?

Argentinadan eksklyuziv. Kumush medal sohibi Muhammadqodir va uning ustozi muvaffaqiyatdan so‘ng qanday fikrda?

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabar berib o‘tganimizdek, o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida og‘ir atletikachimiz Muhammadqodir Toshtemirov kumush medali sohibiga aylandi. Biz ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng sportchimizning fikrlari bilan qiziqdik.

«O‘smirlar Olimpiadasiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik. Bahslarda Armaniston va Misrdan tashrif buyurgan raqiblarim kuchli hisoblanardilar. Bir kilogramm farq bilan mag‘lub bo‘lganim biroz alamli bo‘ldi.

Ammo, Olimpiya o‘yinlarining kumush medaliga ega chiqqanimdan juda xursandman. O‘ylaymanki, ishtirokimdan murabbiylarimning ham ko‘ngli to‘ldi. Oldinda ko‘plab musobaqalar bor. Men o‘z ustimda ishlab, yanada mahoratimni toblashim kerak.

O‘smirlar Olimpiadasining kumush medalini qo‘lga kiritish orqali, men orzularimdan birini amalga oshira oldim. Qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat aytaman», – dedi sportchi.

O‘z navbatida sportchining murabbiyi Jo‘rabek Zoirov ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga yil davomida tayyorgarlik ko‘rdik. Muhamammadqodir musobaqada -77kg vazn toifasida ishtirok etdi va bu yerda kuchli raqiblar yetarlicha edi. Masalan, armanistonlik polvon Yevropa chempioni hisoblanadi.

Shuningdek, misrlik sportchi ham yomon natija ko‘rsatgani yo‘q. Biz raqibga bir kilogramm farq bilan mag‘lub bo‘ldik va yakunda kumush medal bilan kifoyalandik. O‘ylaymanki, bu orqali biz terma jamoa uchun munosib nomzodlar tayyorlayotganimizni ko‘rsata oldik.

Shuni alohida qayd etishim lozimki, o‘smirlarimiz orasida Tokio 2020 Olimpiadasida ishtirok eta oladigan sportchilarimiz ham bor.

Muhammadqodir musobaqada siltab ko‘tarishda 168 kg. natija ko‘rsatib, o‘zining shahsiy rekordini yangilay oldi. Bungacha uning bu boradagi rekordi 167 kg. edi. Ushbu natija bilan u Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgandi.

Endi Toshtemirovni -81kg vazn toifasiga o‘tishini rejalashtiryapmiz. Navbatdagi musobaqalarga jiddiy tayyorlanib, kamchiliklarni bartaraf etamiz», – dedi murabbiy.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 16:10, 12.10.2018.
O'qildi: 2502 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.