Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

O‘zbekiston Paraosiyo o‘yinlarini 77ta medal bilan yakunladi!

O‘zbekiston Paraosiyo o‘yinlarini 77ta medal bilan yakunladi!

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Paralimpiada
Rukn: Yangiliklar

Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida III Paraosiyo o‘yinlari O‘zbekiston sport delegasiyasi uchun nihoyasiga yetdi.

12 oktyabr yakunlariga ko‘ra hamyurtlarimiz tomonidan 77 ta medal qo‘lga kiritildi. Ularning 35tasi oltin, 24tasi kumush va 18ta bronza medallaridir. Medallar sifati bo‘yicha umumjamoa hisobida beshinchi o‘rinni egallab turibmiz.

Qayd etish lozimki, musobaqa davomida bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha O‘zbekiston o‘z chempionlarini Osiyoga ko‘z-ko‘z qildi. Olib borilgan seleksiya ishlari samarasi o‘laroq, mazkur Paraosiyo o‘yinlarida yangi nomlar, yangi chempionlar kashf etildi. Hususan, yengil atletikaning bir qator yo‘nalishlari, jumladan, balandlikka sakrash (erkaklar, oyoq amputasiyasi) bo‘yicha Temur Giyazov, uzunlikka sakrash (ayollar, qo‘l amputasiyasi) bo‘yicha Kamola Abdullayeva, nayza uloqtirish (ayollar, qo‘l amputasiyasi) Roziya Ergasheva, yadro uloqtirish (bo‘yi 140sm dan past bo‘lgan sportchilar) bahslarida Bobur Omonovlarni bunga misol qilib keltirishimiz mumkin. Yuqorida qayd etilgan sportchilarimiz shu kungacha mazkur yo‘nalishlarda Xitoy va Yaponiya mamlakatlari gegemoniyasiga chek qo‘ya olishdi. Ma’lumot uchun, terma jamoamiz sportchilarining asosiy qismi viloyatlardan, chekka-chekka qishloqlardan saralab olingan.

Bahslar davomida Husniddin Norbekov o‘zi uchun yangi yo‘nalish hisoblangan yadro uloqtirishda jahon rekordini o‘rnatdi. Bungacha rekord 2008 yilgi Paralimpiya o‘yinlarida qayd etilgandi.

Shuningdek, mazkur Paraosiyo o‘yinlarida vatandoshlarimiz uchun yoqimli bo‘lgan holat kuzatildi. Ya’ni, to‘rt marotaba shohsupada faqat O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi. Suzish bahslarida to‘rtta yo‘nalishda faqat o‘zbekistonlik sportchilar medallarga ega chiqishdi.

Taqqoslash uchun, to‘rt yil oldin Incheonda bo‘lib o‘tgan Paraosiyo o‘yinlarida hamyurtlarimiz 22ta oltin, 5ta kumush va 4ta bronza, umumiy hisobda esa 31ta medal qo‘lga kiritgandilar. Bu safar esa Paraosiyo o‘yinlaridagi rekordlarimiz mutloq yangilandi va O‘zbekiston uchun eng yaxshisi bo‘lib tarixga kirdi.

Ertaga musobaqaning so‘nggi kunida badminton, velosport va basketbol bo‘yicha bellashuvlar o‘tkaziladi. Sportning ushbu turlarida o‘zbekistonlik sportchilar ishtirok etishmaydi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 19:51, 12.10.2018.
O'qildi: 10836 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик