Kirish Ro'yxatdan o'tish

Buenos-Ayres 2018. Karatechimiz O‘zbekiston sport delegasiyasiga 14-medalni taqdim etdi

Buenos-Ayres 2018. Karatechimiz O‘zbekiston sport delegasiyasiga 14-medalni taqdim etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Argentina poytaxti Buenos-Ayresda o‘smirlar Olimpiadasi davom etmoqda. Biroz avval O‘zbekiston terma jamoasi sportchisi hisobimizga navbatdagi medalni taqdim etdi.

Karate bo‘yicha -53 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Dildora Aliqulova guruh bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yarim finalgacha yetib bordi. Final ostonasida kechgan jangda u karate vatani hisoblanadigan Yaponiya mamlakati vakilasi Rinka Taataga to‘qnash keldi. Afsuski, hamyurtimiz ushbu bahsda imkoniyatni boy berib qo‘ydi va yakunda bronza medali bilan kifoyalandi.

Ushbu medal O‘zbekiston terma jamoasi uchun Argentina Olimpiadasidagi 14-medal bo‘ldi. Shu tariqa, musobaqaning so‘nggi kuni oldidan O‘zbekiston sport delegasiyasi hisobida 4 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza medallari bor. 1 ta oltin va 1 ta bronza medali mikst bahslarida qo‘lga kiritilgan.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 23:14, 17.10.2018.
O'qildi: 2304 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.