Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/02 00:45 Bolonya 1-0 Udineze
24/02 01:00 Everton 0-1 Man. Yunayted
24/02 01:00 Alaves 2-2 Jirona
24/02 22:45 Atletiko 4-1 Bryugge
25/02 01:00 Inter 1-2 Bude-Glimt
25/02 01:00 Bayer 0-0 Olimpiakos
25/02 01:00 Nyukasl 3-2 Qorabog‘
25/02 22:45 Atalanta - Borussiya D
26/02 01:00 PSJ - Monako
26/02 01:00 Real Madrid - Benfika
26/02 01:00 Yuventus - Galatasaroy

Lopetegi taqdirini hal qiladigan 5ta o‘yin

Lopetegi taqdirini hal qiladigan 5ta o‘yin

Baho:
+ | -

FIFA kunlaridan keyin "Real" 2 hafta ichida 5ta o‘yin o‘tkazadi. Mazkur o‘yinlar jamoa bosh murabbiyi Xulen Lopetegining taqdirini hal qiladi.

Ispaniyalik mutaxassis "FIFA virusi" bilan tanishib oldi: Garet Beyl terma jamoa safidan jarohat bilan qaytdi. U hozirda jarohatini davolash uchun individual tarzda shug‘ullanmoqda. Uelslik futbolchi "Levante"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

"Levante"ga qarshi o‘yin Toshkent vaqti bilan 16:00da start oladi. Shundan so‘ng "Qirollik klubi" hafta o‘rtasida Plzenning "Viktoriya" klubiga qarshi Yevropa chempionlar ligasining 3-tur bahsini o‘tkazadi. Tabiiyki, "Madrid" muxlislari bu o‘yinlarda nafaqat g‘alabani, balki sifatli o‘yinni ham kutishmoqda.

28 oktyabr kuni esa "Real"ni "Kamp Nou"da "Barselona" kutib oladi. Ko‘pchilik mana shu bahs Lopetegining taqdirini hal qilishini taxmin qilmoqda. Agar "ko‘k-anorranglilar" azaliy raqibini yaqqol ustunlik bilan mag‘lub etsa, Florentino Peres murabbiy orasida o‘ylab qo‘ygan zaxira rejasini amalga oshirishiga to‘g‘ri keladi.

Madridliklar "el-klasiko"da ijobiy natija qayd eta olishmasa, Ispaniya kubogi doirasida bo‘ladigan o‘yinni jamoa yangi murabbiy qo‘lostida o‘tkazishi mumkin. Bu bosqichda "qaymoqranglilar"ga quyi divizion jamoalaridan biri raqib bo‘ladi. Raqib nomi ertaga tashlanadigan qur’adan so‘ng aniq bo‘ladi. Kubok bahsida Lopetegi tarkib borasida bemalol rotasiyani amalga oshirishi mumkin.

Noyabr oyi boshida "Real" o‘z maydonida Ronaldoning "Valdolid" jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Mana shu o‘yinlardan keyin "Real" prezidenti bir qarorga keladi: Lopetegi o‘z ishini davom ettiradi yoki iste’foga chiqariladi.

"Real Madrid"ning navbatdagi 5ta o‘yini:
20 oktyabr. "Real" - "Levante" (La liga, 9-tur)
23 oktyabr. "Real" - "Viktoriya" (ECHL, 3-tur)
28 oktyabr. "Barselona" - "Real" (La liga, 10-tur)
31 oktyabr. Ispaniya kubogi bahsi
3 noyabr. "Real" - "Valyadolid" (La liga, 11-tur)

Manba: football24.ua
Kiritildi: 09:14, 18.10.2018.
O'qildi: 10792 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.