Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston 5-5 O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter 2-0 Torino
28/04 16:00 Mets 1-2 Lill
28/04 16:00 Tailand 1-4 Eron
28/04 17:00 Kadis 1-1 Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem 2-3 Arsenal
28/04 18:00 Bornmut 3-0 Brayton
28/04 18:00 Loryan 1-2 Tuluza
28/04 18:00 Klermon 4-1 Reyms
28/04 18:00 Strasbur 1-3 Nissa
28/04 18:00 Bolonya 1-1 Udineze
28/04 19:00 Indoneziya - O‘zbekiston
28/04 19:15 Granada 3-0 Osasuna
28/04 20:05 Renn 4-5 Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest 0-2 Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli 2-2 Roma
28/04 21:00 Atalanta 2-0 Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal 3-0 Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion 3-2 Monako
28/04 22:30 Yaponiya - Iroq
28/04 23:45 Fiorentina - Sassuolo
29/04 00:00 Marsel - Lans
29/04 00:00 Betis - Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

Buenos-Ayres 2018. Yangi rekordlarga sababchi bo‘lgan musobaqa yakunlari tahlili

Buenos-Ayres 2018. Yangi rekordlarga sababchi bo‘lgan musobaqa yakunlari tahlili

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Argentinaning Buenos-Ayres shahrida III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari yakunlandi. Bu safargi «kichik Olimpiada» sportchilarimiz uchun har qachongidanda muvaffaqiyatli o‘tdi. O‘yinlar yakuniga ko‘ra o‘zbekistonlik yosh sportchilar tomonidan umumiy hisobda 16 ta medal qo‘lga kiritildi. Ularning 5 tasi oltin, 4 tasi kumush va 7 ta bronza medallaridir. Umumjamoa hisobida medallar sifati bo‘yicha 206 mamlakat ichida 13-o‘rinni egalladik. Bu orqali O‘zbekiston o‘smirlar Olimpiadasidagi o‘z natijasini yaxshiladi.

Mazkur o‘yinlarda qaysi sport musobakalari biz uchun muvaffaqiyatli o‘tdi? Shu haqida biroz mulohaza yuritib ko‘ramiz.

Buenos-Ayres Olimpiadasi ayniqsa og‘ir atletikachilarimiz uchun muvaffaqiyatli kechdi. Federasiya sportchilari Argentinadagi o‘yinlarga uchta lisenziya qo‘lga kiritishgandi. Yakunda musobaqada ishtirok etgan har uchchala sportchimiz ham o‘smirlar Olimpiadasi medallariga sazovor bo‘lishdi. Kumush Fayzullayeva oltin medalni qo‘lga kiritdi. Muhammadqodir Toshtemirov va Dolera Davronovalar mos ravishda kumush va bronza medallari bilan qaytadigan bo‘lishdi. Demak, og‘ir atletikachilarimizda medal jamgarish bo‘yicha 100 foizlik ko‘rsatkich! E’tiborga molik tomoni o‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar shu kungacha o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida oltin medalga sazovor bo‘lmagandilar. Umuman, og‘ir atletikachilarimiz nufuzli musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelishmoqda. Indoneziya mezbonlik qilgan Osiyo o‘yinlarida ham atletlarimiz juda yaxshi qatnashishgandi. Buning uchun O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasiga minnatdorchilik bildirib qo‘ysak arziydi. Noyabr oyida og‘ir atletikachilarimizni Turkmanistonda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati kutib turibdi. Biz ushbu musobaqada ham atletlarimiz zafarli yurishlarini davom ettirishlariga ishonamiz.

Sport kurashlari bahslarida ham polvonlarimiz juda yaxshi ishtirok eta olishdi. Argentinaga yo‘l olgan to‘rt nafar sportchimizning uchtasi sovrindorlar qatoridan o‘rin oldi. Polvonlarimiz delegasiyamiz hisobiga 3 ta medal (1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza) qo‘shib qo‘yishdi. Ayollar kurashi bahslarida qo‘lga kiritilgan medal O‘zbekiston uchun o‘smirlar Olimpiadasidagi dastlabkisi bo‘ldi. Bungacha sport kurashlari bilan shug‘ullanadigan o‘zbekistonlik qizlar o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida umuman medal qo‘lga kirita olmagandilar. Demak, Shohida Abdullayevaning kumush medali O‘zbekiston sport kurashlari assosiasiyasi uchun tarixiy axamiyat kasb etdi. Oltin medal qo‘lga kiritgan Umidjon Jalolov, shuningdek Argentinadagi Olimpiadada delegasiyamiz bayroqdori vazifasini bajarib, yakunda bronza medali sohibiga aylangan Muhammadrasul Rahimovdan ham kelajakda umidimiz katta. Endi ulardan kattalar o‘rtasidagi Olimpiya o‘yinlarida ham medallar kutishga haqlimiz.

Eshkak eshish bo‘yicha bahslarda olti nafar sportchi yurtimiz sharafini himoya qildi. Baydarka va kanoeda eshkak eshishning yakkalik bahslarida ishtirok etgan sportchilarimiz o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida ilk marotaba medallarga sazovor bo‘lishdi. Eshkak eshuvchilarimizdan 1 ta oltin va 1 ta kumush medali! Gulbahor Fayziyeva (oltin) va Islom Abdusalomov (kumush) o‘zlariga bildirilgan ishonchni oqlay olishdi.

Boks kompleks musobaqalarida O‘zbekiston uchun medal taqdim etadigan asosiy sport turi hisoblanadi. Argentina Olimpiadasida to‘rt nafar charm qo‘lqop ustasi yurtimiz sharafini himoya qildi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra, ularning uch nafari sovrindorlar qatoridan o‘rin ola bildi. Abdumalik Xalakov oltin medalga ega chiqqan bo‘lsa, Jahongir Rahmonov va Timur Merjanov hisobimizga bronza medalini qo‘shib qo‘yishdi. Darvoqe, shuni alohida qayd etishimiz lozimki, Abdumalik Xalakov oltin medalni qo‘lga kiritishi barobarida Bektemir Meliqo‘ziyevning natijasini takrorlay oldi. Endi unda ham Bektemir kabi yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati va o‘smirlar Olimpiadasining oltin medallari bor. Navbat kattalar o‘rtasidagi musobaqalarga, Abdumalik!

Dzyudochilarimiz musobaqaga ikki sportchi bilan yo‘l olgandilar. Yakunda ularning har ikkisi ham sovrindor bo‘la oldi. Medallardan birini Jayhunbek Nazarov dzyudoning mikst yo‘nalishida qo‘lga kiritdi. Nilufar Yermagambetova esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Taekvondo bo‘yicha bahslarda yurtimiz sharafini faqatgina Ulug‘bek Rashitov himoya qildi va u o‘ziga bildirilgan ishonchni tula oqladi. Hamyurtimiz ushbu musobaqada taekvondochi yigitlar ichida kumush medal qo‘lga kiritgan ilk o‘zbekistonlik sportchi bo‘ldi.

Karate bo‘yicha bellashuvlarda qatnashgan Dildora Aliqulova guruh bahslarida mag‘lubiyatsiz qatnashib, yarim finalgacha yetib bora oldi. Final ostonasida esa yaponiyalik raqibga to‘qnash keldi. Karate vatani sanalgan kunchikar yurt vakiliga qarshi jangda Dildoraga biroz omad yetishmadi va u yakunda bronza bilan kifoyalandi.

Shuningdek, gimnastikaning mikst bahslarida ishtirok etgan Indira O‘lmasova ham bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Yana bir jihatga e’tibor qaratishimiz lozim. Yengil atletika bo‘yicha bellashuvlarda ham medallar qo‘lga kiritishga juda yaqin kelgandik. Afsuski, Roksana Xudoyarova (uchxatlab sakrash) va Regina Adashbayeva (bosqon uloqtirish) dan so‘nggi pallalarda omad yuz o‘girdi va ular to‘rtinchi o‘rin bilan kifoyalanishdi. Umid qilamizki, ular bu bilan to‘xtab qolishmaydi va kelajakda O‘zbekistondan yengil atletika bo‘yicha yangi chempionlar yetishib chiqadi.

Shu tariqa uzoq kutilgan III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari nihoyasiga yetdi. Milliy olimpiya qo‘mitasi musobaqada ishtirok etgan sportchilarimiz, ularning murabbiylari va albatta yurtimizdagi sport federasiyalarini ushbu muvaffaqiyat bilan muborakbod etadi va oldinda turgan nufuzli musobaqalarda ham ana shunday zafarli yurishini davom ettirishlarni tilaydi.

 

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 14:13, 19.10.2018.
O'qildi: 3910 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.