Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

FIFAning muvofiqlashtirishga bag‘ishlangan sammiti bo‘lib o‘tdi

FIFAning muvofiqlashtirishga bag‘ishlangan sammiti bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar
Shveysariyaning Syurix shahrida FIFA tomonidan muvofiqlashtirish sammiti tashkil etildi. Sammitda 130 dan ortiq FIFAga a’zo mamlakatlar vakillari ishtirok etishdi. O‘zbekiston futbol assosiasiyasidan O‘FA 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonovning maslahatchisi San’at Sharipov qatnashdi.   Ushbu sammitni o‘tkazishdan asosiy maqsad, FIFAga a’zo mamlakatlarning futbol tashkilotlarida muvofiqlashtirish mexanizmini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, korrupsiya va boshqa manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq xavflarni kamaytirish masalalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.   Sammitni FIFA Prezidenti Janni Infantino o‘zining kirish so‘zi bilan ochib berdi. Prezident muovfiqlashtirish FIFAning bugungi kundagi eng ustuvor masalalardan biri ekanligini ta’kidlab, so‘nggi yillarda xalqaro hamjamiyat orasida FIFAning obro‘siga putur yetganini aytdi. Bunga asosiy sabab qilib, FIFAda faoliyat yuritgan insonlarning odob-ahloq qoidalariga bo‘ysunmaganlari natijasi ekanligini gapirdi.    Infantino so‘zida davom etar ekan, FIFA va unga a’zo tashkilotlar axloq kodeksiga alohida e’tibor qaratishi, buni barcha birdek amalga oshirishi shartligini ta’kidlab o‘tdi.     Sammitning eng asosiy maqsadi bu – tashkilotlarda shaffoflikni ta’minlash, futbolga ajratilayotgan mablag‘larni to‘g‘ri yo‘naltirishdir. Bunga erishish uchun audit tekshiruvlarini o‘z vaqtida o‘tkazish hamda tashkilotlarda mehnat qilayotgan xodimlarning odob-ahloq kodeksiga amal qilayotganini muntazam nazorat qilish zarurligi ta’kidlandi.   Futbolda firibgarlik va korrupsiyani vaqtida aniqlab unga qarshi kurashish ham eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.    Sammti yakunida FIFA Bosh kotibi Fatma Samura so‘zga chiqib, muvofiqlashtirish nafaqat futbolda balki, biznesda ham eng zarur jihatlardan biri ekanligini ta’kidladi. FIFA tashkilotiga assosiasiyalarni nazorat qiluvchi organ deb emas, balki balki a’zo assosiasiyalarning faoliyatida uchraydigan xatar va risklarni minimallashtirishdagi hamkor sifatida qaralsa maqsadga muvofiq bo‘lishini aytib o‘tdi.    Shuningdek, sammitda jahonning uch karra eng yaxshi o‘yinchisi Marko van Basten so‘zga chiqdi. U o‘z nutqida VAR (video assistant referees) sistemasiga to‘xtalib o‘tdi. U yig‘ilish ishtirokchilariga Rossiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionati statistikasini misol qilib keltirib, VAR sistemasi hakamlarga 99,9 foiz to‘g‘ri qaror chiqarishlariga yordam berganini alohida ta’kidladi.
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 16:15, 19.10.2018.
O'qildi: 1998 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.