Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

O‘smirlar Olimpiadasi qahramonlari vatanimizda tantanali tarzda kutib olindi

O‘smirlar Olimpiadasi qahramonlari vatanimizda tantanali tarzda kutib olindi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, 6-18 oktyabr kunlari Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahrida III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur «kichik Olimpiada» o‘zbekistonlik yosh atletlar uchun har qachongidanda omadli keldi. O‘yinlar yakuniga ko‘ra hamyurtlarimiz tomonidan umumiy hisobda 16 ta medal qo‘lga kiritildi. Ularning 5 tasi oltin, 4 tasi kumush va 7 ta bronza medallaridir. Medallar sifati bo‘yicha 206 mamlakat ichida 13-o‘rinni egalladik.

Bugun tunda ushbu musobaqada ishtirok etgan sportchilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, sportchilarning yaqinlari, muxlislar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov so‘zga chiqar ekan, musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan yosh sportchilarimizni tabrikladi. Mamlakatimizda sportga qaratilayotgan e’tibor o‘z samarasini berayotganini alohida qayd etib o‘tdi. Qo‘lga kiritilgan yutuqlar uchun sportchi va murabbiylarga minnatdorchilik bildirdi.

So‘ngra Argentina Olimpiadasining oltin medali sohiblari Kumush Fayzullayeva, Umid Jalolov yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar uchun muhtaram Prezidentimizga minnatdorchilik bildirishdi. Bundan keyingi muhim musobaqalarda ham munosib ishtirok etishga va’da berdilar. Shuningdek, sportchilarimizning ota-onalari ham so‘zga chiqib, o‘zlarining eng samimiy tilaklarini izhor etishdi.

Qayd etish lozimki, mazkur o‘yinlarda O‘zbekiston o‘z rekordini yangiladi. Taqqoslash uchun, to‘rt yil oldin Nankinda bo‘lib o‘tgan o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida sportchilarimiz 10 ta medal qo‘lga kiritgandilar. Bu safargi musobaqada esa hamyurtlarimiz 16 ta medalga ega chiqqan holda mamlakatimiz uchun ushbu o‘yinlardagi eng yaxshi natijani qayd etdilar.

Milliy olimpiya qo‘mitasi ushbu muvaffaqiyat bilan barcha sportchilarimizni, ularning murabbiylarini va sport federasiyalarini muborakbod etadi va oldinda turgan nufuzli musobaqalarda ham ushbu zafarli yurishni davom ettirishlarini tilaydi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 07:43, 22.10.2018.
O'qildi: 3021 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.