Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi “Viktoriya Plzen”ga qarshi o‘yin oldidan fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Jamoa tirik va biz ertangi o‘yinga tayyormiz. Tarkibimizda chempionlar va g‘alabaga chanqoq futbolchilar ko‘p.
Bu klubning DNKsi kurashishdan iborat. Barcha jamoa a’zolari yaxshi natija uchun kurashadi. Hozir, kamchiliklar ustida ishlayapmiz”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.