Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Rasman! O‘FA JAKO bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi

Rasman! O‘FA JAKO bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi terma jamoalar uchun sifatli ekipirovkalar yetkazib beruvchi bir qator xorij kompaniyalari bilan muzokaralar olib boib, yakunda Germaniyaning mashhur JAKO (“YAKO”) kompaniyasi bilan hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda  JAKO kompaniyasi tomonidan o‘zaro  hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda MOQ prezidenti, O‘FA 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov, "JAKO" (“YAKO”) kompaniyasi vakili Freddi Jon Pol hamda milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper ishtirok etishdi.

Umid Ahmadjonov O‘FA  "JAKO" kompaniyasi bilan 3 yillik shartnoma imzolaganini e’lon qilar ekan, nima sababdan ushbu kompaniya bilan hamkorlik qilishga qaror qilinganini aytib o‘tdi:

"JAKO" kompaniyasi jahonga mashhur kompaniyalardan biri hisoblanadi. Ushbu kompaniya endilikda turli yoshdagi terma jamoalarimiz uchun boshdan-oyoq ekipirovkalar yetkazib beradi.

E’tiborli tomoni, milliy terma jamoamiz uchun bu kompaniya ekipirovkalarni tekinga yetkazib beradi. Ekipirovkalar 96 xil narsadan iborat. Buning ichida turli mavsum liboslari, oyoq kiyimlar va boshqa aksessuarlar bor.

Tez orada "JAKO" kompaniyasining do‘konlarini ham yurtimizda ochish rejalashtirilgan. Muxlislar terma jamoamiz liboslarini xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Milliy terma jamoamizga yangi murabbiy olib keldik, yangi kompaniya bilan hamkorlikni boshlayapmiz. Umid qilib qolamizki, mazkur kelishuvimiz samarali bo‘lib, terma jamoalarimiz xalqaro maydonlarda muvaffaqiyatlarga erishishadi", - dedi Umid Ahmadjonov.

O‘z o‘rnida "JAKO" kompaniyasi vakili Freddi Jon Pol O‘zbekiston futbol assosiasiyasi bilan hamkorlik qilishdan mamnun ekanligini bildirib o‘tdi.

Milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper esa jahon bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan "JAKO" (“YAKO”) kompaniyasi bilan hamkorlik boshlanayotgani katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab, ushbu hamkorlik O‘FA hamda "JAKO" (“YAKO”) uchun manfaatli bo‘lishiga umid bildirdi.

Ma’lumot uchun, "JAKO" (“YAKO”) kompaniyasi sport ekipirovkalari (libos, oyoq kiyim, aksessuarlar) va inventarlarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan kompaniya bo‘lib, unga Rudi Shpryugel tomonidan 1989 yilning 1 noyabrida asos solingan. 

Ayni vaqtda  "JAKO" (“YAKO”) kompaniyasining 40dan ortiq mamlakatlarda filiallari mavjud.  Kompaniyaning bosh binosi Germaniyaning janubi-g‘arbidagi Xollenbax okrugida joylashgan. Hozirda Avstriya, Belgii, Gollandiya, Shveysariya kabi mamlakatlarning bir qator klublari aynan JAKO kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 20:07, 25.10.2018.
O'qildi: 3259 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.