Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 00:00 Portugaliya 0-0 Sloveniya
02/07 06:00 AQSh 0-1 Urugvay
02/07 06:00 Boliviya 1-3 Panama
02/07 21:00 Ruminiya 0-3 Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya 1-2 Turkiya
03/07 06:00 Braziliya - Kolumbiya
03/07 06:00 Kosta-Rika 2-1 Paragvay

Kim qimmat: Messi yoki Ronaldu? Mbappechi?

Kim qimmat: Messi yoki Ronaldu? Mbappechi?

Baho:
+1 | -1

Sayyoramizda eng urf bo‘lgan sport turi, shubhasiz, futbol. Kimdir undan faqat zavq olsa, kimdir mablag‘ ishlab topadi.  Ba’zilar uchun esa futbol shunchaki hech narsa.

Ammo bir jihat borki, hech kimni befarq qoldirmasligi tabiiy. Ha, hattoki, o‘rmonchini ham, fermer, traktorchi-yu o‘qituvchini ham o‘ylantirib qo‘yguvchi narsa bu – NARX! Istaysizmi yoki yo‘q, biron-bir tanishingiz falon futbolchi faloncha pul toparkan, o‘zining narxi esa buncha ekan deb so‘z boshlasa, to tugatguncha eshitasiz. Indamaygina. Chunki sizga nimasidir qiziq.  

Demak, Germaniyaning transfermarkt.com portali taqdim etayotgan ro‘yxat bo‘yicha, dunyodagi eng qimmat 20 nafar futbolchilar reytingi quyidagicha.   

1. Kilian Mbappe 19 yosh, (Fransiya, PSJ) 180 million yevro  

2. Neymar 26 yosh, (Fransiya, PSJ) 180 million yevro    

3. Lionel Messi 31 yosh, (Argentina, “Barseona”) 180 million yevro   

4. Muhammad Saloh 26 yosh, (Misr, “Liverpul”) 150 million yevro   

5. Harri Keyn 25 yosh, (Angliya, “Tottenhem”) 150 million yevro   

6. Kevin de Bryuyne 27 yosh, (Belgiya, “Manchester Siti”) 150 million yevro   

7. Eden Azar 27 yosh, (Belgiya, “Chelsi”) 150 million yevro   

8. Antuan Grizmann 27 yosh, (Fransiya, “Atletiko”) 120 million yevro  

9. Filippe Koutinyo 26 yosh, (Braziliya, “Barseona”) 120 million yevro   

10. Paulo Dibala 24 yosh, (Argentina, “Yuventus”) 110 million yevro   

11. Deli Alli 22 yosh, (Angliya, “Tottenhem”) 100 million yevro   

12. Romelu Lukaku 25 yosh, (Belgiya, “Manchester Yunayted”) 100 million yevro   

13. Krishtinu Ronaldu 33 yosh, (Portugaliya, “Yuventus”) 100 million yevro   

14. Mauro Ikardi 25 yosh, (Argentina, “Inter”) 95 million yevro   

15. Sergey Milinkovich-Savich 23 yosh, (Serbiya, “Lasio”) 90 million yevro  

16. Leroy Sane 22 yosh, (Germaniya, “Manchester Siti”) 90 million yevro   

17. Rahim Sterling 23 yosh, (Angliya, “Manchester Siti”) 90 million yevro  

18. Pol Pogba 25 yosh, (Fransiya, “Manchester Yunayted”) 90 million yevro   

19. Garet Beyl 29 yosh, (UYEls, “Real Madrid”) 90 million yevro   

20. Gabriyel Jezus 21 yosh, (Braziliya, “Manchester Siti”) 80 million yevro   

Yuqoridagi summalarning umumiy miqdori: 2.415 milliard. Shunchaki, dahshat.  Ushbu reytingga kirgan futbolchilar orasida “Manchester Siti” peshqadamlik qilmoqda. “Shaharliklar” 4 nafar o‘yinchisi yigirmatalik ro‘yxatdan o‘rin olgan. Azaliy raqiblar “Barselona”dan 2, “Real”dan esa 1 nafar futbolchi joy olgan.

Eng qimmat yigirma nafar futbolchilar orasida 30 yoshdan oshgan futbolchilar soni ikkita – Messi (31) hamda Ronaldu (33).    Eng yoshi esa Kilian Mbappe bo‘lib, fransiyalik yosh iqtidor egasining yoshi endigina 19 da!   

Manba: www.uza.uz
Kiritildi: 09:33, 26.10.2018.
O'qildi: 15391 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.