Kirish Ro'yxatdan o'tish

Jahon chempionati boshlandi: Chusovitina ikki yo‘nalishda, Turobova esa ko‘pkurash bahslarida ishtirok etadi

Jahon chempionati boshlandi: Chusovitina ikki yo‘nalishda, Turobova esa ko‘pkurash bahslarida ishtirok etadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Qatar poytaxti Doha shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha 48-jahon chempionati start oldi. Mazkur jahon chempionati sportning ushbu turi bo‘yicha Tokio 2020 Olimpiya o‘yinlariga lisenziya beruvchi dastlabki musobaqadir.

Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda yurtimiz sharafini Rasuljon Abdurahimov, Abdulla Azimov, Akobir Hamroqulov, Husniddin Abdusamatov, Bobur Toshpo‘latov kabi sportchilarimiz himoya qilmoqdalar.

Ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda esa afsonaviy Oksana Chusovitina tayanib sakrash va xodadagi mashqlar yo‘nalishida bahslarga kirishadi. Ushbu nufuzli musobaqada ilk marotaba ishtirok etayotgan Sabina Turobova esa ko‘pkurash bellashuvlarida o‘z omadini sinab ko‘radi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 12:27, 26.10.2018.
O'qildi: 1945 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.