Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

O‘zbekiston badminton federasiyasi yangi sport inshootining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston badminton federasiyasi yangi sport inshootining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugungi kunda O‘zbekistonda sportni ommalashtirishga davlatimiz tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ko‘rsatmalariga binoan yangi loyihalar ham ishlab chiqilmoqda. Jumladan, 1992 yildan buyon Olimpiya sport turi hisoblanadigan badmintonni rivojlantirish, aholi orasida ommalashtirish ham ana shu ko‘rsatma va topshiriqlar asosida amalga oshirilmoqda.

Bugun, 27 oktyabr kuni O‘zbekiston badminton federasiyasining yangi sport inshooti o‘z faoliyatini boshladi. Bir vaqtning o‘zida 100 nafar sportchining yashashi uchun yaratilgan sharoitlar, beshta badminton korti terma jamoa a’zolarining muhim musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun 1 yil davomida qurib bitkazildi va to‘liq tayyor holatga keltirildi. Tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, sportchi va murabbiylar, ommaviy axborot vositalari xodimlari va boshqalar ishtirok etishdi.

Ochilish marosimida martabali mehmonlar ramziy lentani kesishdi. So‘ngra Bosh vazir o‘rinbosari so‘zga chiqar ekan, ushbu sport inshootining qurilishi, yaratilgan sharoitlar, homiylar haqida gapirib o‘tdi. Shuningdek, badminton jarohat olish ehtimoli juda kam bo‘lgan sport turi ekanligini, qolaversa, tibbiyot tomonidan ham badminton bilan shug‘ullanish tavsiya etilganligi haqida gapirdi.

So‘ngra Jismoniy tarbiya va sport vaziri hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi so‘zga chiqishdi. Ular mazkur sport bazasi yurtimizda badminton sportini ommalashtirishga xizmat qilishi, shuningdek, Olimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini munosib himoya qiladigan professional sportchilar tarbiyalashga e’tibor qaratilishini ta’kidlab o‘tishdi. Barchani ushbu yangi inshoot ochilgani bilan muborakbod etdilar.

Shundan so‘ng badmintonchilar o‘ziga xos ko‘rgazmali chiqishlar orqali yig‘ilganlarga o‘z mahoratlarini namoyish etib berishdi.

Ko‘rgazmali chiqishdan so‘ng terma jamoa murabbiyi, sportchilarimiz so‘zga chiqib, yaratilgan sharoitlar uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirib o‘tdilar. Shundan so‘ng Bosh vazir o‘rinbosari ommaviy axborot vositalari xodimlariga esdalik uchun badminton raketkalarini sovg‘a qildi.

O‘zbek estradasi xonandalari chiqishlari tadbirga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Tadbir yakunida yig‘ilganlar uchun milliy an’analarimizga mos ravishda dasturxon yozildi.

Ushbu yangi sport bazasi Respublikamizda badminton bo‘yicha mahoratli sportchilar yetishib chiqishiga o‘z hissasini qo‘shishiga umid bildirib qolamiz.

 

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 15:29, 27.10.2018.
O'qildi: 1896 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.