Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

«El-klasiko» oldidan matbuot anjumani. Xule Lopetegi

«El-klasiko» oldidan matbuot anjumani. Xule Lopetegi

Baho:
+ | -

Bugun Ispaniya chempionatining 10-turi doirasida «Barselona» klubi «Kamp Nou»da «Real»ni qabul qiladi. Madridliklar bosh murabbiyi Xulen Lopetegi kecha bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Lopetegining kelajagi borasida
«Nafas olishda davom etaman degan umiddaman. Tez orada o‘laman, deb o‘ylamayman. Har bir insonda quvvat manbai bo‘ladi. Mendagi bunday energiya 100 foiz jamoaga yordam berishga qaratilgan».

Messining maydonga tushmasligi haqida
«Biz e’tiborni o‘z o‘yinimizga qaratganmiz. O‘z imkoniyatlarimizni eng yuqori darajaga chiqarishga harakat qilyapmiz. Kerak bo‘lganda, yaxshi himoyalanishimiz kerak. Raqib safida qaysidir futbolchining bor yoki yo‘qligi bizni qiziqtirmaydi».

Jamoaning ruhiy holati haqida
«Futbolchilar menga ishonishmoqda, men esa ularga yanada ko‘proq ishonaman. Menda hech qanday shubha yo‘q. Shu bois, biz yaxshi ishlayapmiz va muxlislarimizni hursand qilishni istaymiz. Maqsadlarimiz ulkan va ertaga yaxshi o‘yin o‘tkazishni istaymiz».

Faoliyatidagi eng muhim o‘yin haqida
«Hech qanday o‘yinni «Real Madrid» – «Barselona» to‘qnashuvi bilan taqqoslab bo‘lmaydi: bu yuqori darajadagi o‘yin, undan ko‘p narsa kutish mumkin».

Bosim haqida
«Ertaga bizni qiziqarli o‘yin kutib turibdi. Bosim haqida o‘ylayotganimiz yo‘q, boisi, bu narsa bizning tayyorgarlik jarayonimizga xalal beradi. Ertaga eng yaxshi formada bo‘lishni istaymiz».

Yuqori pressing haqida
«Yuqori pressing qo‘llashdan to‘xtaganimiz yo‘q. Futbolda turli o‘yin uslublari bor. Qanday o‘ynashimizni ertaga ko‘rasiz».

Klubning murabbiyga nisbatan shubhasi haqida
«Men o‘zimning murabbiylik ishimga e’tiborni qaratganman. Boisi, qiladigan ishim shundan iborat. Siz yozayotgan narsalar klubga yordam bermaydi. Barcha chiziqlarda samaradorlikni oshirishga harakat qilamiz. Men kuch-quvvatimning biror qismini bu savolga javob berish uchun sarflashni istamayman».

Marselo jurnalistlar bilan to‘qnashuvi haqida
«Bunday holatlar sizning foydangizga xizmat qiladi, ammo bizga yordam bermaydi. Men uchun Marseloning mashg‘ulotdan qanday ishlayotgani muhim. O‘zimizning vaziyatni o‘zgartirishimiz mumkin. Hozir endigina oktyabr oyi. Biz futbolga bir qirg‘oqdan nazar solsak, siz boshqasidan qaraysiz. Bizning manfaatlarimiz to‘qnash kelmaydi».

Futbolda nima muhim: hissiyot yoki taktika?
«Har ikkalasi muhim. Bundan tashqari, futbolga taalluqli boshqa mayda detallar bor. Ular ham juda muhim».

Isko va Marselo haqida
«Marselo avvalgi o‘yinda shunchaki kuchli zarba qabul qildi. Hozir uning holati yaxshi va mashg‘ulotlarda yaxshi ishtirok etdi. Isko bir oylik tanaffusdan keyin endi futbolga qaytdi. U hali birorta to‘liq o‘yinda ishtirok etmadi. Ko‘ramiz, ertaga qanday tarkib maydonga tushadi».

O‘ng qanot himoyachisi haqida
«Bu joyda kim o‘ynashini bilaman. Bu pozisiyada o‘ynay olishi mumkin bo‘lgan barcha shogirdlarimga ishonaman».

Birinchi bo‘limning muhimligi haqida
«O‘yin 90 daqiqa davom etadi. Barcha chiziqlarda samarali o‘ynashimiz kerakligi haqida aytib o‘tdim».

Ramosning o‘rni haqida
«U — bizning sardor va o‘zini shungo mos tutyapti. Jamoada shunday o‘yinchi borligi — bu bizning baxtimiz. Tarixda buyuk sardorlar ko‘p bo‘lgan, Ramos — ulardan biri».

Manba: realmadrid.ru
Kiritildi: 08:48, 28.10.2018.
O'qildi: 8111 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик