Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

«Real» «el-klasiko»ga mos bo‘lmadi...

«Real» «el-klasiko»ga mos bo‘lmadi...

Baho:
+ | -

Ispaniya Li ligasining 10-turi doirasida "Barselona" va "Real" jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda Lopetegi shogirdlari juda yirik hisobida mag‘lub bo‘lishdi.

Kataloniyaliklar o‘yin boshidan "Qirollik klubi"ga nisbatan kuchli pressing qo‘llab, raqibga o‘z o‘yinini ko‘rsatish imkonini bermadi. Mezbonlar bahsning 11-daqiqasida uyushtirgan ilk xavfli hujumni golga aylantirishdi. Albaning chap qanotdan bergan pasini Koutinyo "qaymoqranglilar" darvozasiga joylab qo‘ydi.

Madridliklar ha deganda hujumga o‘tishmadi. Natijada navbatdagi gol ham ular darvozasidan o‘rin oldi. Hakam VAR yordamida penalti belgiladi va Suares 11 metrli jarima zarbasidan samarali foydalandi.

Ikkinchi bo‘limda "Real" o‘ziga keldi va "Barsa" darvozasi tomon bosim uyushtira boshladi. Uchrashuvning 50-daqiqasida Isko o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va so‘nggi chiziq oldidan darvoza oldiga pas berdi. Roberto to‘pni qaytargandek bo‘ldi, ammo to‘p uzoqqa ketmadi. Marselo to‘pni egalladiyu, yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi.

Shundan so‘ng mehmonlar hisobni tenglashtirish uchun 2ta juda yaxshi imkoniyatga ega bo‘lishdi. Modrichning zarbasidan keyin to‘p ustunga tegib qaytgan bo‘lsa, Benzema yaqin masofadan bosh bilan darvozani  ishg‘ol eta olmadi.

Luis Suares qarshi hujumda 3:1ga yetkazdiyu, buyog‘iga "Real" o‘yinni tashlab yubordi. Oqibatda "ko‘k-anorranglilar" istalgancha hujum tashkil qilishdi. Bu o‘yinda Luis Suares xet-trikga erishgan bo‘lsa, Arturo Vidal "Barsa" safidagi ilk golini urdi. Yakuniy hisob — 5:1.

Ispaniya La ligasi, 10-tur
Barselona – Real Madrid 5:1 (2:0, 3:1)
Gollar: 1:0 – 11 Koutinyo, 2:0 – 30, penalti Suares, 2:1 – 50 Marselo, 3:1 – 75 Suares, 4:1 – 83 Suares, 5:1 – 87 Vidal.
Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Serdji Roberto, Langle, Artur (Vidal, 84), Buskets, Rafinya (Nelson Semedu, 69), Rakitich, Koutinyo (Dembele, 74), Suares.
Real Madrid – Kurtua, Varan (Vaskes, 46), Marselo (Dias, 82), Nacho, Ramos, Kroos, Kazemiro, Isko, Modrich, Beyl (Asensio, 77), Benzema.
Ogohlantirishlar: Rakitich (38), Nacho (39), Beyl (53), Suares (77).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:16, 28.10.2018.
O'qildi: 6936 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.