Kirish Ro'yxatdan o'tish

Laudrup «Real»ni boshqarishdan bosh tortdi

Laudrup «Real»ni boshqarishdan bosh tortdi

Baho:
+ | -

Daniyalik murabbiy Mikael Laudrup «Real»ni boshqarish borasida tushgan taklifga rad javobini berdi. Bu haqda As nashri xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, "Qirollik klubi" Antonio Konte bilan kelisha olmaganidan keyin Laudrup jamoa prezidenti Florentino Peresning ro‘yxatidan o‘rin olgandi. Ammo murabbiy hozircha "Madrid"ni boshqarishga tayyor emasligini ma’lum qilgan. Klubda yuzaga kelgan murakkab vaziyat tufayli Mikael o‘z kelajagini "Real" boshqaruvida ko‘ra olmagan.

Eslatib o‘tamiz, Laudrup 1994-1996 yillari “Real Madrid”da, 1989-1994 yillari esa “Barselona”da to‘p surgan. Murabbiy bungacha “Spartak”, “Brondbyu”, “Xetafe”, “Malyorka”, “Suonsi”, Qatarning “Laxviya” va “Ar-Rayyan” klublarida faoliyat yuritgan.

«Kastilya» bosh murabbiyi Santyago Solari "Real"ni vaqtincha boshqaruvchi murabbiy etib tayinlangan. Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines "qaymoqranglilar"ni boshqarishi mumkin bo‘lgan da’vogarlar safiga kirgan.

Manba: bombardir.ru
Kiritildi: 22:13, 30.10.2018.
O'qildi: 2575 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.